Siyosat

dayjest

To‘rtta tumanga yangi hokimlar tayinlandi

Mazkur 4 ta tumanga yangi hokimlar tayinlandi: Taxiatosh — Kamiljan Aytbayev, Mingbuloq — Axror Mansurov, Furqat — Elyorbek Asronkulov, Toshkent tumani — Sardorbek Ergashev.


dayjest

G‘ozg‘on shahriga yangi hokim tayinlandi

Nurali Jo‘rayev Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahriga hokim etib tayinlandi. Avvalgi hokim prezident yig‘ilishida faoliyatidagi tizimli kamchiliklar uchun ishdan olingandi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi. Uni Qozog‘iston prezidenti kutib oldi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘iston poytaxti Ostonaga yetib bordi. Uni aeroportda prezident Qosim-Jomart Toqayev kutib oldi. Rahbarlar 8-avgust kuni Oliy davlatlararo kengash majlisini o‘tkazadi.


Jamiyat

dayjest

Prezident o‘zboshimcha egallangan yerlarga huquqlarni tan olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. O‘zbekistonda 3,6 milliondan ortiq bunday uchastkalar mavjudligi taxmin qilinmoqda. Qonun 2028-yil 1-yanvargacha amal qiladi.


dayjest

90 ming dollar pora bilan ushlangan Kogon tumani prokurori 15 yilga qamaldi

Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 200 ming dollar pora talab qilib, 90 ming dollar olayotganida qo‘lga tushgandi. Sud hukmi bilan unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning sheriklari ham uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.


dayjest

Emizish: faktlar va yanglish qarashlar (infografika)

Deyarli barcha onalarda chaqaloqlari uchun yetarli miqdorda sut bo‘ladi, bu dastlabki 6 oyda oziq-ovqat va suv o‘rnini bosadi. Biroq emizish vaqt va ko‘nikma talab qiladi, shu bois ularni uyda va ishda qo‘llab-quvvatlash muhim. YUNISEF keng tarqalgan yanglish qarashlarga infografikalar orqali aniqlik kiritdi.


dayjest

Toshkentda “valyutchik"dan qariyb 240 ming dollar olib qo‘yildi

Chilonzorda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxsning uyidan qariyb 240 ming dollar va 482 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

Toshkentda 15 yoshli bola 5-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi

Toshkent shahri Sergeli tumanida 15 yoshli bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, uning nogironligi bo‘lgan va ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan.


dayjest

Bo‘stonliqda profilaktika inspektori xotini va chaqalog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi

Bo‘stonliq tumanida profilaktika inspektori xizmat xonadonida turmush o‘rtog‘i va 7 oylik chaqalog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi. Voqeaga er-xotinning o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.


dayjest

Qoraqalpog‘istondagi 7 ta tuman hokimliklari qonunchilikka zid normativ hujjatlar qabul qilgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Amudaryo, Chimboy, Kegayli, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Taxiatosh va Xo‘jayli tumani hokimliklarining normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.


dayjest

Iyul oyi harorat bo‘yicha oldingi yillardagidan qulayroq bo‘ldi — O‘zgidromet

O‘tgan iyul oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida havo harorati o‘zining rekord ko‘rsatkichlaridan ancha uzoq bo‘ldi, deya xabar berdi O‘zgidromet. Oy oxirida maksimal harorat +41, janubda +46 darajaga yetdi.


dayjest

Uy qamog‘idagi ayrim shaxslar elektron braslet orqali nazorat qilinadi

O‘zbekistonda ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash davrida jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan elektron braslet qo‘llaniladi.


dayjest

O‘zbekistonda GEF Kichik grantlar dasturining yangi bosqichi boshlanmoqda. BMTTD “Yashil makon” loyihasini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BMTTD vakolatxonasi rahbari Akiko Fujii 2025-yilda GEF Kichik grantlar dasturining yangi bosqichini boshlash va “Yashil makon” loyihasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish bo‘yicha ikkita kelishuv imzoladi. Orolbo‘yiga 2 mlrd so‘mlik texnik jihozlar olib kelindi.


dayjest

Toshkent viloyatida harakatdagi IIB mashinasidan sakragan fuqaro vafot etdi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida kechasi jamoat tartibini buzgani uchun IIB xodimlari tomonidan hushyorxonaga olib ketilayotgan fuqaro qochish maqsadida o‘zini mashinadan tashladi. U jarrohlik amaliyotiga qaramay vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, xodimlarga tekshiruv tayinlandi.


Sport

dayjest

Parij-2024: Olimpiadaning 12-kunida bahsga kirishadigan o‘zbekistonliklar ro‘yxati

Parij Olimpiadasining 12-kunida o‘zbekistonliklar 3 ta sport turida qatnashadi. Unda eshkak eshuvchilar Yekaterina Shubina va Shaxriyor Mahkamov startga chiqadi. Bokschi Bahodir Jalolov yarim finalda jang qiladi. Yunon-Rum kurashchilari esa bronza medali uchun harakatini boshlaydi.


dayjest

“Ayollar ovqat pishirib, uyda o‘tirishi kerak, degan gaplar menga doim motivatsiya bergan” — Diyora Keldiyorova

Parij Olimpiadasida oltin medal olgan Diyora Keldiyorova va uning murabbiyi Marko Shpitka Xalqaro dzyudo federatsiyasiga intervyu berdi. Murabbiy uzoq yillik mashg‘ulotlar, yaponiyalik Abega qarshi jang haqida so‘zladi. Diyora esa turmush o‘rtog‘ining qo‘llovi, kelgusi rejalari va boshqalar to‘g‘risida aytib o‘tdi.


dayjest

Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Olimpiada finaliga chiqdi (video)

O‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev amerikalik Omar Jonsni mag‘lub etib, Olimpiada oltini uchun jang qiladigan uchinchi o‘zbekistonlik bokschi bo‘ldi. Shu kuni yana uch nafar o‘zbekistonlik kurashchi ham bahslarini o‘tkazdi, ulardan ikki nafari bronza medali uchun imkoniyatlarini saqlab qoldi.


dayjest

Parijda qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlandi

Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiy taqdirlandi. Akmal Hasanovga bu ishi uchun qo‘shni mamlakatning xalqaro jamoat birlashmasi tomonidan “Chingiz Aytmatov” medali berildi.


dayjest

Xon ismli Turon yo‘lbarsi O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha JCH timsoli bo‘ldi

FIFA Xon ismli Turon yo‘lbarsi O‘zbekiston mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati rasmiy timsoli bo‘lganini e’lon qildi.


dayjest

O‘zbekistonlik ikki kurashchi bronza medallari uchun bellashadi (video)

O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari Aram Vardanyan va Rustam Assakalov o‘tish bahslarida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, bronza medallari uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi (video, foto).


Jahon

dayjest

Kamala Harris vitse-prezidentlikka nomzod sifatida Minnesota gubernatori Tim Uolsni tanladi

Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris Minnesota gubernatori Tim Uolsni AQSh prezidentligi saylovlarida sherik sifatida tanladi. Uols — AQSh Milliy gvardiyasining sobiq a’zosi, u, shuningdek, maktabda ijtimoiy fanlardan dars bergan.


dayjest

Yahyo Sinvar HAMAS siyosiy byurosining yangi rahbari bo‘ldi

Iyul oyi oxirida Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Haniyaning o‘rniga Yahyo Sinvar HAMAS siyosiy byurosining yangi rahbari bo‘ladi. Isroil hukumati uni HAMASning 7-oktabrdagi hujumlariga boshchilik qilganlardan deb biladi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!