Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yong‘inda daraxtlar shikastlandi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Yangi kamolot mahallasidagi atrofi o‘ralgan ochiq maydonda qurigan o‘tlar yonishi ortidan yong‘in kelib chiqqan va 100 kvadrat metr maydon yongan. Oqibatda hududda mavjud daraxtlarga jiddiy zarar yetgan.

Xabarda shikastlangan daraxtlar soniga aniqlik kiritilmagan.

Ayni damda yong‘in oqibatlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, ekologiya xodimlari tomonidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.