7-avgust kuni Nurali Shuhratovich Jo‘rayev G‘ozg‘on shahri hokimi vazifasiga tayinlandi, deya xabar bermoqda Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Nurali Jo‘rayev 1988-yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini va Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetini iqtisodchi, buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududlarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, shaharning avvalgi hokimi iyul oyida prezident o‘tkazgan yig‘ilishda faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingandi.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning sentabr oyi oxirida Oliy Majlis palatalarining tegishli qarorlari bilan Navoiy viloyati Nurota tumanidagi G‘ozg‘on shaharchasi G‘ozg‘on shahri etib o‘zgartirilgan. G‘ozg‘on shahri viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilib, shahar hokimligi tashkil qilingan edi. O‘shanda unga Azim Danikulovich Bazarov hokim bo‘lgandi.