Taxiatosh (Qoraqalpog‘iston), Mingbuloq (Namangan), Furqat (Farg‘ona) va Toshkent (Toshkent viloyati) tumanlariga hokimlar tayinlandi.

Jo‘qorg‘i Kengesning xabar berishicha, 7-avgust kuni xalq deputatlari Taxiatosh tumani kengashining navbatdan tashqari 80-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Kamiljan Kurbanbayevich Aytbayev hududning yangi hokimi etib tayinlandi.

тахиатош tumani, мингбuлоқ, фuрқат tumani, тошкент tumani, Kamiljan Aytbayev, Axror Mansurov, Elyorbek Asronkulov, Sardorbek Ergashev

Aytbayev faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Xo‘jayli tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimlarida ishlagan.

Ayni lavozimga qadar u Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borayotgandi.

Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Mingbuloq tumanini endi Axror Ahmadaliyevich Mansurov boshqaradi.

тахиатош tumani, мингбuлоқ, фuрқат tumani, тошкент tumani, Kamiljan Aytbayev, Axror Mansurov, Elyorbek Asronkulov, Sardorbek Ergashev

Mansurov 1988-yilda Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2013-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2013-yilda Mingbuloq tumani davlat notarial idorasi notarius yordamchiligidan boshlagan.

Shuningdek, Namangan viloyati adliya boshqarmasida turli vazifalarda, viloyat hokimligining axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, guruh rahbari, Prezident Administratsiyasi yetakchi inspektori, viloyat hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.

U tayinlovga qadar To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati Furqat tumani hokimi Jahongir Jumanov o‘rniga Elyorbek Madaminovich Asronkulov yangi hokim etib tayinlandi.

тахиатош tumani, мингбuлоқ, фuрқат tumani, тошкент tumani, Kamiljan Aytbayev, Axror Mansurov, Elyorbek Asronkulov, Sardorbek Ergashev

Asronkulov 1985-yilda Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini iqtisodchi mutaxassisligi bilan tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2011-yilda Pensiya jamg‘armasi Bag‘dod tumani bo‘limi inspektori vazifasida boshlagan. budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2019−2020-yillarda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparatida faoliyat olib borgan. 2020−2023-yillarda budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

U 2023-yil 20-avgustdan beri Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Toshkent viloyati hokimligining bildirishicha, Toshkent tumani hokimi etib Sardorbek Kadirovich Ergashev tayinlandi (sobiq hokim Odilxon Rustamov yo‘l qo‘ygan bir qator kamchiliklari uchun lavozimidan ozod qilingan).

тахиатош tumani, мингбuлоқ, фuрқат tumani, тошкент tumani, Kamiljan Aytbayev, Axror Mansurov, Elyorbek Asronkulov, Sardorbek Ergashev

Ergashev 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2011-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2023-yilda Toshkent arxitektura-qurilish universitetlarini tamomlagan.

U faoliyati davomida Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i hamda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.