Tokiodagi Yoyogi olimpiya stadionida 3−4-avgust kunlari zirhli karate bo‘yicha uchinchi ochiq jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini 41 nafar sportchi himoya qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”ga Toshkent fudokan karate-do federatsiyasi.

Jamoa faqat yaponiyalik sportchilarga imkoniyatni boy berib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik karatechilar 30 ta medal — 13 oltin, 5 kumush va 12 bronzani qo‘lga kiritdi.

Kumite bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari quyidagi natijalarni qayd etdi:

  • Artur Kan (8−9 yosh, -25 kg) — 1-o‘rin
  • Kirill Kvon (8−9 yosh, -25 kg) — 2-o‘rin
  • Kamronshoh Mahmudov (8−9 yosh, mutlaq vazn) — 2-o‘rin
  • Mariya Chaykina (10−11 yosh, -30 kg) — 1-o‘rin
  • Amina Mirzaahmedova (10−11 yosh, -30 kg) — 3-o‘rin
  • Ayub Shokirov (10−11 yosh, -35 kg) — 3-o‘rin
  • Ugay Evgeniy (10−11 yosh, mutlaq vazn) — 3-o‘rin
  • Amirbek Arslonov (12−13 yosh, -45 kg) — 3-o‘rin
  • Nozimabonu Ubaydullayeva (12−13 yosh, -45 kg) — 1-o‘rin
  • Shohrux Valijonov (14−15 yosh, mutlaq vazn) — 3-o‘rin
  • Timur Xolmurodov (14−15 yosh, -60 kg) — 1-o‘rin
  • Timur Talasov (14−15 yosh, -55 kg) — 3-o‘rin
  • Murod Rahimov (16−17 yosh, -65 kg) — 2-o‘rin
  • Diyorbek Riskidinov (16−17 yosh, mutlaq vazn) — 1-o‘rin
  • Samik Karimov (18−39 yosh, -95 kg) — 2-o‘rin
  • Mirjamol Mirzaahmedov (18−39 yosh, -95 kg) — 1-o‘rin
  • Ramazon Riskidinov (18−39 yosh, -85 kg) — 1-o‘rin
  • Xasan Xurramov (18−39 yosh, -75 kg) — 3-o‘rin
  • Shamsiddin Mirzoqulov (18−39 yosh, -75 kg) — 3-o‘rin
  • Kseniya Xvostikova (18−39 yosh, -65 kg) — 3-o‘rin
  • Gavhar Nuriyeva (18−39 yosh, -60 kg) — 2-o‘rin
  • Rustam Bekmuratov (40−49 yosh, -75 kg) — 1-o‘rin
  • Nikolay Novikov (18−39 yosh, mutlaq vazn) — 1-o‘rin
  • Natalya Lim (+40 yosh, -60 kg) — 1-o‘rin

Jamoaviy kumite bo‘yicha Murod Rahimov, Alisher Haydarov va Saidqosimbek Abdug‘aniyevdan iborat O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

Kata yo‘nalishida uchinchi o‘rin uchun medallarni Murod Rahimov (16−17 yosh), Saidahmat Seydametov (18+) va Zarina Yusupova (18+) qo‘lga kiritdi.