O‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 7-avgust kuni bo‘lib o‘tgan jang natijalariga ko‘ra Parijdagi Olimpiya o‘yinlari finaliga chiqdi.

Vazni 71 kilogrammgacha bo‘lgan, boks bo‘yicha 23 yoshli jahon chempioni yarim finalda 2021-yilgi vitse-jahon chempioni, amerikalik 21 yoshli Omar Jonsga qarshi ringga chiqdi.

Mo‘ydinxo‘jayev birinchi raundda 4:1, ikkinchisida 3:2, uchinchisida raqibiga 4:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yakuniy hisob O‘zbekiston vakili foydasiga bo‘ldi — 3:2.

Finalda u 22 yoshli Panamerika o‘yinlari chempioni, meksikalik Marko Alonso Verde Alvares bilan to‘qnash keladi. U yarim finalda 2022-yilgi Yevropa o‘yinlari vitse-chempioni, britaniyalik Lyuis Richardsonni mag‘lub etgan. “Oltin” uchun kurash 10-avgustga o‘tar kechasi soat 00:30 da bo‘lib o‘tadi.

Shu tariqa, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonovdan keyin finalga chiqqan uchinchi o‘zbekistonlik bokschi bo‘ldi. Yana ikki bokschi — Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov yarim final janglarini o‘tkazishi kerak.

Jang videosi

Boshqa musobaqalar

асадхўжа мўйдинхўжаев, boks, олимпиаda o‘yinlari, париж-2024

6-avgust kuni o‘zbekistonlik kurashchilar chiqish qildi. Xususan, xotin-qizlar kurashida Aktenge Keunimjayeva (-50 kg) 1/8 finalda ukrainalik Oksana Livachga yutqazdi (video). Uning raqibi keyingi bosqichda mag‘lub bo‘ldi, shu bois asli qoraqalpog‘istonlik kurashchi medal qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

асадхўжа мўйдинхўжаев, boks, олимпиаda o‘yinlari, париж-2024

2019-yilgi vitse-jahon chempioni, 2016 va 2018-yilgi Osiyo chempionatlarining bronza medali sovrindori, 28 yoshli o‘zbekistonlik kurashchi Aram Vardanyan (Yerevanda tug‘ilgan, 2010-yildan buyon O‘zbekiston uchun kurash olib boradi) 77 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida 1/8 finalda Afrika o‘yinlari vitse-chempioni, misrlik Mahmud Abdulrahmonni mag‘lub etdi — 9:0.

U chorak finalda yaponiyalik 23 yoshli Osiyo chempioni Nao Kusakaga imkoniyatni boy berdi. Yaponiyalik finalga yo‘llanma oldi, buning evaziga o‘zbekistonlik sportchi endi bronza medali uchun janglarda qatnashishi mumkin bo‘ladi.

асадхўжа мўйдинхўжаев, boks, олимпиаda o‘yinlari, париж-2024

40 yoshli Rustam Assakalov (Krasnodarda tug‘ilgan, 2012-yildan buyon O‘zbekiston terma jamoasida) so‘nggi uchta Osiyo o‘yinlarida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, 2015-yilgi jahon chempionatida kumush medal, 2019-yilgi jahon chempionatida esa 3-o‘rinni egallagan.

-97 kg vazn toifasida u 1/8 finalda Markaziy Amerika o‘yinlarining to‘rt karra g‘olibi, Panamerika chempionatining ko‘p karra g‘olibi, gonduraslik Kevin Mejiani mag‘lub etdi (jang videosi).

Chorak finalda Assakalovni besh karra Yevropa chempioni, to‘rt karra jahon chempioni, armanistonlik Olimpiada chempioni Artur Aleksanyan kutib turgan edi va u 5:9 hisobida g‘alaba qozondi.

Aleksanyan ham finalga chiqdi, shu sababli Rustam Assakalov ham bronza uchun bahslarda ishtirok etadi.

7-avgust kuni soat 14:00 da Aram Vardanyan jazoirlik Abdelkrim Uakaliga, Rustam Assakalov esa janubiy koreyalik Kim Seung Junga qarshi kurashga chiqadi.