7-avgust kuni O‘zbekiston terma jamoasidan yana 5 nafar sportchi Parij Olimpiadasida 3 ta sport turi: baydarka va kanoeda eshkak eshish, Yunon-Rum kurashi hamda boks bo‘yicha bahslashadi.

Ishtirokchilar ro‘yxati:

олимпия ўйинлари, париж 2024, sport

Soat 12:30 dan so‘ng Yekaterina Shubina 500 metrga kanoyeda eshkak eshish bo‘yicha startga chiqadi.

U Pekin-2008, London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan. 36 yoshli sportchi faoliyati davomida Osiyo o‘yinlarida 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, qit’a chempionati va Jahon kubogi bosqichlarida ham bir necha bor shohsupaga ko‘tarilgan.

олимпия ўйинлари, париж 2024, sport

Soat 13:40 dan keyin bo‘ladigan 1000 metrga kanoeda eshkak eshish bahslarida Shaxriyor Mahkamov ham qatnashadi.

Sportchi 2015-yildan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Uning hisobida shu vaqtgacha Osiyo chempionatlarining 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali mavjud. 2018-yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida bronza, Xanchjou-2022 da esa kumush medal bilan taqdirlangan.

олимпия ўйинлари, париж 2024, sport

Yunon-Rum kurashchilari bugun bronza medali uchun o‘tish bahslarida kurashadi. Xususan, soat 14:00 dan so‘ng Aram Vardanyan (77 kg) bu yo‘lda jazoirlik Abd Elkrim Ouakaliga qarshi gilamga chiqadi. U 6-avgust kuni saralash bahsida misrlik Mahmud Abdulrahmondni 9:0 hisobida mag‘lub etdi. Lekin, chorak finalda yaponiyalik Nao Kusakaga yengildi. Raqib finalgacha yetib borgani ortidan Aramga medal uchun kurashish imkoniyatini o‘zida saqlab qoldi.

олимпия ўйинлари, париж 2024, sport

Undan so‘ng 97 kg vaznda Rustam Assakalov koreyalik Kim Seungjung bilan kurashadi. U ham saralash bahslarida chorak finalgacha yetib borgandi. 1/8 finalda gonduraslik Kevin Mexiya mag‘lub etildi, biroq, chorak finalda armanistonlik Artur Aleksanyan undan ustunlik qildi.

олимпия ўйинлари, париж 2024, sport

8-avgustga o‘tar kechasi (+92 kg) bokschi Bahodir Jalolov Olimpiadadagi yarim final jangini o‘tkazadi. 30 yoshli sportchiga germaniyalik 25 yoshli Raman Tiafak raqiblik qiladi.

Jalolov bungacha saralash bahsida Norvegiya, chorak finalda Avstraliya vakilini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.