Toshkent shahridagi Vebster universiteti hamkor universitetlar bilan tashkil etilgan qo‘shma dasturlariga qabul jarayonini yakunlash arafasida. Ushbu dasturlar talabalarga Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida yuqori sifatli xalqaro ta’lim olish imkoniyatini beradi.

Vebster universiteti 2024−2025 o‘quv yilida quyidagi qo‘shma dasturlar bo‘yicha qabul jarayonini amalga oshirmoqda:

  • Toshkent tibbiyot akademiyasida:
    • Biologiya (BA in Biology);
    • Kimyo (BS in Chemistry);
    • Psixologiya (BA in Pschology);
    • Hamshiralik ishi (BS in Nursing);
    • Sog‘liqni saqlash boshqaruvi magistri (MHA, Master of Health Administration);
  • Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida:
    • Biologiya (BA in Biology);
    • Kimyo (BS in Chemistry);
    • Psixologiya (BA in Psychology);
  • Samarqand davlat chet tillari institutida:
    • Ingliz tilini o‘zga tillarda so‘zlashuvchilarga o‘qitish bo‘yicha magistratura (MA TESOL, Teaching English to Speakers of other Languages);
  • Samarqand iqtisodiyot va servis institutida — Iqtisodiyot (BA in Economics);
  • Samarqand davlat tibbiyot universitetida — Hamshiralik ishi (BS in Nursing);
  • Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida:
    • Biologiya (BA in Biology);
    • Kimyo (BS in Chemistry);
    • Psixologiya (BA in Pschology);
    • Hamshiralik ishi (BS in Nursing);
  • Buxoro davlat universitetida:
    • Ingliz tilini o‘zga tillarda so‘zlashuvchilarga o‘qitish bo‘yicha magistratura dasturi (MA TESOL, Teaching English to Speakers of other Languages);
  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida:
    • Ingliz tilini o‘zga tillarda so‘zlashuvchilarga o‘qitish bo‘yicha magistratura dasturi (MA TESOL, Teaching English to Speakers of other Languages).

websters, реклама

Talabalar xalqaro miqyosda tan olingan AQSh diplomi bilan bitiradi va ularga cheksiz imkoniyatlar eshiklari ochiladi. Bakalavriatda “3+1” dasturi orqali oxirgi 1 yilni AQShda o‘qish imkoniyati mavjud. Hujjatlar onlayn tarzda universitet sayti orqali topshiriladi.

Bakalavriat talabalari o‘qishni tugatgandan so‘ng ikkita — Vebster universiteti va mahalliy universitet diplomiga ega bo‘ladi. Misol uchun, Toshkent tibbiyot akademiyasida Vebster universitetining qo‘shma dasturini o‘qigan talabalar ham Toshkent tibbiyot akademiyasi, ham Vebster universiteti diplomini oladi.

Muhim sanalar:

  • kuzgi semestr uchun hujjat topshirishning so‘ngi muddati — 14-avgust;
  • bakalavriat uchun kuzgi semestr boshlanishi — sentabr oyi.

Hujjatlarni onlayn topshirish bo‘yicha videoinstruksiyani quyidagi havolalar orqali ko‘rish mumkin:

Kelajakni Vebster bilan yaratgan ma’qul.

Ushbu dasturlarda dars berish uchun AQSh va dunyoning boshqa OTMlaridan tajribaga ega o‘qituvchilar taklif qilingan. Darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi. Vebster universitetining bakalavr va magistr darajalari butun dunyoda tan olingan va O‘zbekistonda nostrifikatsiyani talab qilmaydi.

Kirish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telefon: (+998) 55−503−00−66.

Instagram: @websteruzbekistan
Telegram: t.me/websteruniversitytashkent

Reklama huquqlari asosida.