Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar yunon-rum kurashchisi bronza medallari uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdi.

6-avgust kuni bo‘lib o‘tgan chorak finalda yunon-rum kurashchilari Aram Vardanyan va Rustam Assakalov mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, raqiblari finalga chiqdi va bu ularga bronza medali uchun bahslarda qatnashish imkoniyatini berdi.

2019-yilgi jahon vitse-chempioni, 2016 va 2018-yillardagi Osiyo chempionatlarining bronza medali sovrindori, 28 yoshli o‘zbekistonlik kurashchi Aram Vardanyan (77 kg gacha) uch karra Afrika chempioni, Afrika o‘yinlarining ikki karra g‘olibi, jazoirlik Abdelkrim Uakali bilan bellashdi.

Bahsda o‘zbekistonlik sportchi raqibini 9:0 hisobida yengdi.

To‘liq

Osiyo o‘yinlari g‘olibi va sovrindori, 2015-yil vitse-chempioni, 97 kilogramm vazn toifasidagi 40 yoshli Rustam Assakalov Osiyoning ikki karra vitse-chempioni, janubiy koreyalik Kim Sin Jun bilan bellashdi.

Uchrashuv boshida o‘zbekistonlik sportchi 4 ochko oldi. U pressingni davom ettirdi va bahsni 8:2 hisobida g‘alaba bilan yakunladi.

To‘liq

7-avgust kuni soat 21:57 da bronza uchun jangda Aram Vardanyan uch karra Yevropa chempioni, jahon chempionatlarining ikki karra bronza medali sohibi, armanistonlik 25 yoshli Malxas Amoyan bilan uchrashadi.

Soat 22:18 da Rustam Assakalov bronza medali uchun 2023-yilgi jahon chempioni, Panamerika o‘yinlari va boshqa turnirlar chempioni, kubalik 25 yoshli Gabriel Rosiloga qarshi gilamga chiqadi.

Foto

арам vaрdaнян, kurashchiлар, олимпиаda-2024, париж-2024, рустам ассакалов