Siyosat

dayjest

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning “Oltin Qiron” ordeni bilan taqdirlandi

Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston prezidentiga “Oltin Qiron” (“Oltin burgut”) ordenini topshirdi. Bu mukofot Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga hissa qo‘shganlik uchun beriladi. Foto.


dayjest

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Oliy davlatlararo kengash majlisida 7 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanganini ijobiy baholadi. Tomonlar energetika quvvatlari va infratuzilmasini qurish, muqobil energiya manbalarni rivojlantirish, shuningdek, suv obyektlarini raqamlashtirishga kelishib oldi.


dayjest

Qorao‘zak tumaniga hokim tayinlandi

Anvar Baymuratov Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumaniga hokim etib tayinlandi. Bungacha u ayni shu hudud hokimiga o‘rinbosar edi.


dayjest

O‘zbekiston va Qozog‘iston Qo‘shma investitsiya jamg‘armasi tashkil etmoqchi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ostonada o‘tgan muzokaralarda tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish, Sirdaryoda Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va Qambarota GES-1 qurilishini tezlashtirishga kelishib oldi. Tomonlar Qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish masalasini o‘rganadi.


dayjest

Xorazm viloyatining ikki tumaniga hokimlar tayinlandi

Zafarbek Matnazarov Yangiariq tumaniga, Ruslan O‘razbayev Gurlan tumaniga hokim etib tasdiqlandi. Nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etildi.


dayjest

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari 2024−2034-yillarda strategik sheriklik hamda ittifoqchilik dasturini tasdiqlashdi

Oliy davlatlararo kengashning 1-majlisida O‘zbekiston va Qozog‘iston kengashning 2024−2034-yillarda strategik sheriklik va ittifoqchilik dasturini tasdiqlash va Tashqi ishlar vazirlari kengashini tuzish to‘g‘risidagi qarorlarni imzoladi. Davlat chegarasi rejimi haqidagi bitim ham qabul qilindi.


dayjest

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishda qatnashdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari videoaloqa orqali Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining filiallarini ochib berdi.


Iqtisodiyot

dayjest

Toshkent aeroportida uchib ketayotganlar uchun kutish hududi kengaytirildi

Toshkent xalqaro aeroporti uchish zalining “steril” hududi 2000 kvadrat metrga kengaytirildi. Bu umumiy zalni B5-B6-B7 chiqish yo‘laklari bilan ulash imkonini beradi. Ushbu hududda Hardee’s, Pizza Hut, La Croissanterie va Pinkberry brendlari mavjud fudkort ochiladi.


dayjest

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 37,4 mlrd dollarga yetdi

Iyulda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin jamg‘arilishi va qimmatlashishi fonida 1,06 mlrd dollarga — rekord darajadagi 37,4 mlrd dollargacha oshdi. Qimmatbaho metallning fizik hajmi yana 9,6 tonnaga, qiymati esa 1,8 mlrd dollarga ko‘tarildi.


dayjest

Raqobat qo‘mitasi Tok Bor kompaniyasini ustun mavqega ega deb topdi

Elektromobil va gibrid avtomobillarni quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi Tok Bor kompaniyasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan ustun mavqega ega deb topildi. Uning bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda.


dayjest

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil etilmoqda

Sirdaryo tumanida O‘zbekiston va Qozog‘iston ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy zona formatida “Markaziy Osiyo” xalqaro markazi tashkil etilmoqda.


dayjest

Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahliliga ko‘ra, iyul oyida Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari 0,7 foizga pasaygan. To‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha 0,3 foizga oshgan.


dayjest

Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini ta’mirlash ishlari yakunlandi

Afg‘onistonda Naybobod temiryo‘l stansiyasi ochildi, u va uning Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif liniyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan qayta tiklandi. Ochilish marosimida stansiyaga birinchi yuk vagonlari yetib keldi.


dayjest

Mirziyoyev va Toqayev Transkaspiy yo‘lagi va Transafg‘on temiryo‘lini muhokama qildi

Mirziyoyev va Toqayev yuk tashishni oshirishga sharoitlar yaratish, avtomobil va temiryo‘llar qurish hamda modernizatsiya qilishni jadallashtirishni muhokama qildi. Transkaspiy yo‘lagi va “Shimol-Janub” koridoridan samarali foydalanish va chegarada yangi o‘tkazish punktlarini ochish masalalarini ko‘rib chiqdi.


Jamiyat

dayjest

Ostonada Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi (foto)

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ostona shahrida Alisher Navoiy haykalini ochib berdi. Qosim-Jomart Toqayev buni “qozoq xalqining o‘zbek xalqiga bo‘lgan alohida hurmati ramzi” deb atadi. Foto.


dayjest

Silk Avia Mustaqillik bayrami munosabati bilan 15 foizgacha chegirma taqdim etadi

Silk Avia Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgust-3-sentabr kunlaridagi aviaqatnovlar uchun 15 foizgacha chegirma e’lon qildi. Chiptalarni 9-avgustdan xarid qilish mumkin.


dayjest

Toshkent viloyatida Damas 6 yoshli bolani urib yubordi

Bo‘stonliq tumanida Damas haydovchisi yo‘ldan yugurib o‘tayotgan 6 yoshli bolani urib yubordi. YHXBga ko‘ra, bola shifoxonaga yotqizilgan, hozirda surishtiruv olib borilmoqda.


dayjest

Hududlarda fuqarolarni pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda fuqarolarni pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi. Yana bir holatda esa ingliz tili bo‘yicha sertifikat olib bermoqchi bo‘lgan kishi ushlandi.


dayjest

Toshkentda “apteka narkotiklari"ning salkam 3 mln dollarlik yirik partiyasi musodara qilindi

Toshkentda IIV va DXX xodimlari “zakladka” usuli orqali noqonuniy tarqatish uchun tayyorlanayotgan 42 kg dan ortiq “apteka narkotiklari"ni to‘xtatib qoldi. Ularning umumiy chakana narxi 35,7 mlrd so‘mni (deyarli 3 mln dollar) tashkil qildi.


Sport

dayjest

Bokschi Bahodir Jalolov Olimpiada finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov germaniyalik raqibini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, Parij Olimpiadasi finaliga yo‘l oldi. U Olimpiada o‘yinlarida “oltin” uchun jang qiladigan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bokschi bo‘lmoqda.


dayjest

Parij-2024: o‘zbekistonlik sportchilarning 8-avgustdagi ishtiroki taqvimi

Olimpiadaning 13-kunida bokschi Hasanboy Do‘smatov finalda, Abdumalik Xalokov yarim finalda jang qiladi. Taxmina Ikromova badiiy gimnastika, Ulug‘bek Rashitov esa taekvondo bahslariga kirishadi. Zamonaviy beshkurashda Alise Faxrutdinova, erkin kurashda G‘ulomjon Abdullayev va Javrail Shapiyev bahs olib boradi.


dayjest

Parij-2024: O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari Olimpiadani medallarsiz yakunladi

O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari Parij Olimpiadasini medalsiz yakunladi. 40 yoshli Rustam Assakalov (-97 kg) bronza uchun jangda yelkasidan jarohat olib, bahsni muddatidan avval to‘xtatdi. Aram Vardanyan (-77 kg) ham 3-o‘rin uchun bellashuvda mag‘lub bo‘ldi. Islom Bahromov (-60 kg) esa ¼ finalgacha yetib bordi.


dayjest

Parij-2024. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Olimpiada finaliga chiqdi (video, foto)

O‘zbekiston tarixidagi eng yosh Olimpiya chempioni, taekvondochi Ulug‘bek Rashitov o‘z faoliyatida ikkinchi bor Olimpiada o‘yinlari finaliga chiqdi va O‘zbekistonga medalni kafolatladi.


Jahon

dayjest

Ukraina va Rossiyaning Kursk viloyati chegarasida janglar bo‘lmoqda. Nimalar ma’lum?

Ukraina qo‘shinlari 6-avgust kuni ertalab Rossiyaning Kursk viloyatiga kirdi va, ehtimol, 10 kilometr oldinga siljidi. Rossiya Mudofaa vazirligi yurish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Vladimir Zelenskiy esa “Rossiyaga qanchalik ko‘p bosim o‘tkazilsa, tinchlik shunchalik yaqin bo‘lishini” aytdi.


dayjest

Isroil Eron hujumiga tayyorlanmoqda

Isroil Tehronda HAMAS yetakchisi Ismoil Haniya o‘ldirilgani ortidan yaqin kunlarda Eron va uning ittifoqchilari hujumini kutmoqda. Isroil shaharlarida bombapanohlar tayyorlanmoqda, shifokorlar qon zaxiralamoqda. Biroq Eron mintaqada eskalatsiya xavfi tufayli hujumni qayta ko‘rib chiqqan bo‘lishi mumkin.


dayjest

Bangladeshda namoyishlar: muvaqqat hukumatni Nobel sovrindori Muhammad Yunus boshqaradi

Bangladeshda bosh vazir Shayx Hasina qochib ketgach, muvaqqat hukumatni “kambag‘allar bankiri” sifatida tanilgan Nobel mukofoti sovrindori Muhammad Yunus qo‘lga oldi. Mamlakat armiyasi namoyishlarni bostirishdan va tinch aholini otishdan bosh tortdi, bu esa Hasinaning 15 yillik boshqaruviga barham berdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!