Parij Olimpiadasining 14-kunida o‘zbekistonlik 13 nafar sportchi 5 ta sport turi: suvga sakrash, badiiy gimnastika, taekvondo, erkin kurash va boks bahslariga kirishadi. Ular o‘z ishtirokini soat 13:00 dan so‘ng boshlaydi.

Suvga sakrash

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

Igor Myalin erkaklar o‘rtasida 10 metrdan suvga sakrash dasturida debyut qiladi. U mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston tarixida birinchi litsenziyaga egalik qilgan. 28 yoshli sportchi Rossiya Federatsiyasining Penza shahrida tug‘ilgan. 2023-yildan O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. 2023-yil Malayziyada o‘tgan xalqaro turnirda 2 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan taqdirlangan. Qatarda o‘tgan jahon chempionatida final bosqichiga yo‘l olish orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan.

Badiiy gimnastika

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

Soat 13:00 dan keyin badiiy gimnastikachilar guruh mashqini bajarishga kirishadi. Tarkibda 5 nafar qiz bor: Evelina Atalyants, Shaxzoda Ibragimova, Mumtozabonu Is’hoqzoda, Amaliya Mamedova, Irodaxon Sadikova.

Taekvondo

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

22 yoshli Osiyo chempioni Jasurbek Jaysunov -80 kg vazn toifasida saralash bahslarida eronlik Mehran Barkhordariga qarshi dayanga chiqadi.

O‘zbekistonlik sportchi 2023-yili Xitoyda o‘tgan Gran pri musobaqasida 3-o‘rinni egallagan. Shuningdek, 2024-yilgi Osiyo litsenzion turnirida 1-o‘rinni egallab, Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olgan.

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

Soat 15:00 dan so‘ng Osiyo o‘yinlari sovrindori Ozoda Sobirjonova serbiyalik Aleksandra Perishichga qarshi jang qiladi.

22 yoshli Ozoda 2017-yildan beri O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. 2018-yil yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush, 2019-yil tengqurlari orasidagi qit’a birinchiligida bronza medali sohibiga aylangan. Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida aralash jamoaviy dasturda bronza medaliga ega chiqqan.

Erkin kurash

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

Soat 14:00 dan so‘ng erkin kurashchi Razambek Jamalov -74 kg vazn toifasida saralash bosqichida qochoqlar jamoasidan 26 yoshli rossiyalik Mahamedhabib Kadzimahamedauga qarshi gilamga chiqadi.

Jamalov 1998-yil 1-iyun kuni Rossiyaning Xasavyurt shahrida tug‘ilgan. Murabbiyi — Olim Hikmatov. 2024-yildan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Budapesht reyting turniri g‘olibi Razambek Jamalovning Parijga yo‘l olishi ham ahamiyatga ega. Avvalroq Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov aprel oyida Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra, bugungi kunda atletlarning sport formasi va so‘nggi turnirlarda qayd etgan natijasini inobatga olgan holda Razambek Jamalov Parij gilamlarida kurashadigan bo‘ldi. Erkin kurash sportida Olimpiada litsenziyalari alohida sportchiga emas, terma jamoa hisobiga beriladi.

Bronza medali uchun kurashuvchilar

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

(86 kg) Javrail Shapiyev chorak finalda bolgariyalik sportchiga mag‘lub bo‘ldi. Raqib finalgacha yetib borgani hisobiga Javrail bronza medali uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Bugun Javrail Shapiyev o‘tish bosqichida Kanada vakili Robert Murga qarshi kurashadi.

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

Soat 21:15 dan so‘ng yana bir kurashchi (-57 kg) G‘ulomjon Abdullayev bronza medali uchun gilamga chiqadi. U Puerto Riko va Hindiston vakillari bahsining g‘olibi bilan kurashadi.

Boks

10-avgustga o‘tar kechasi o‘zbekistonliklarni 2 ta final jangi kutmoqda. Soat 00:30 dan keyin (-71 kg) bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Meksika vakili Marko Alvarezga qarshi jang qiladi. Ssoat 01:35 dan so‘ng esa (-92 kg) Lazizbek Mullojonov ozarbayjonlik Loren Dominguyez bilan ringda to‘qnash keladi.

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport