Siyosat

dayjest

“Markaziy Osiyoning buguni va kelajagi umumiy sa’y-harakatlarimizga bog‘liq” — Shavkat Mirziyoyev

“Ukraina va Yaqin Sharqdagi voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatyapti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev MO davlatlari rahbarlari sammitida. Uning aytishicha, Markaziy Osiyoning “buguni va kelajagi umumiy sa’y-harakatlar va mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surish"ga tayyorlikka bog‘liq.


dayjest

Yaponiya bosh vaziri mamlakatdagi kuchli zilzila xavfi tufayli O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida 9−12-avgust kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga rejalashtirilgan safarini mamlakatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzila tufayli bekor qildi. Tashrif arafasida Toshkent ko‘chalarida O‘zbekiston va Yaponiya bayroqlari osib chiqilgandi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi. Bu davlat rahbariga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun berildi.


dayjest

Prezident O‘zbekistonga tashrifi keyinga qoldirilgan Yaponiya bosh vaziri bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi. U mamlakatda kutilayotgan sunami yuzasidan xavotir bildirdi va Yaponiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifini kechiktirish qarorini “to‘liq tushunishini” bildirdi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo bo‘yicha milliy ID kartalarni o‘zaro tan olishni taklif qildi. Boshqa takliflar

Markaziy Osiyo ta’lim va akademik almashuv dasturini qabul qilish, milliy ID kartalarni o‘zaro tan olish, Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitim imzolash — Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi uchrashuvda nimalarni taklif qildi?


dayjest

“Og‘ir geosiyosiy va iqtisodiy sharoitda hamkorlikning yuqori dinamikasini saqlab qolish nihoyatda muhim” — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti MO davlatlari rahbarlari uchrashuvida infratuzilma va transport loyihalari iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalari bo‘lishini ta’kidladi. U Transkaspiy yo‘lagi va Transafg‘on temiryo‘lining istiqbollari, suv hisobini raqamlashtirish va uning kosmik monitoringini joriy etish haqida gapirdi.


dayjest

MO davlatlari rahbarlari 2040-yilgacha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasini imzoladi

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari va delegatsiyalar a’zolari qator hujjatlarni, jumladan, “Markaziy Osiyo — 2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi va mintaqa davlatlarida transport-logistika markazlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.


dayjest

Qirg‘iziston MOda suv-energetik hamkorlik mexanizmini yaratish tarafdori

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov MO davlatlari rahbarlari sammitida mintaqada suv-energetika sohasidagi hamkorlikning iqtisodiy mexanizmini joriy etish, shuningdek, MO davlatlari orqali yangi multimodal yo‘nalishlar va transport yo‘laklarini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi.


dayjest

“Markaziy Osiyo kelajagi bo‘yicha umumiy pozitsiyani shakllantirish zarur” — Tojikiston prezidenti

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon MO davlatlari sammitida “global tahdid va xavflarning kuchayishi fonida” xavfsizlik sohasida hamkorlikning yangi shakllarini ishlab chiqish, shuningdek, huquq-tartibot idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlik mexanizmlarini yaratishni taklif qildi.


dayjest

“Strategik maqsad — Markaziy Osiyo davlatlarining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish” — Turkmaniston prezidenti

Turkmaniston yetakchisi Serdar Berdimuhamedov MO davlatlari rahbarlari sammitidagi nutqida besh davlat mintaqani global energiya bozoridagi salbiy ssenariylardan himoya qila oladigan tizim va kutilmagan holatlarda milliy energiya tizimlari uchun xavfsizlik zaxirasini yaratishi kerakligini ta’kidladi.


Jamiyat

dayjest

Dam olish kunlari nisbatan salqin ob-havo kuzatiladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari nisbatan salqin ob-havo kuzatiladi: harorat kunduzi +33…+38 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.


dayjest

Qashqadaryoda shifoxonadagi lift shaxtasidan ayol jasadi topildi

Qarshi shahridagi shifoxonaning lift shaxtasidan 36 yoshli ayolning jasadi topildi. Orastabon bo‘lib ishlovchi ayol, taxminlarga ko‘ra, lift nosozligi sababli shaxtaga tushib ketgan.


dayjest

Samarqandda ohak sexi 3,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ohak ishlab chiqarish sexi qo‘lbola gaz qurilmalarini tarmoqqa ulab, 2,2 mln kub metr hajmdagi qariyb 3,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Tashkilot rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

O‘rta sinf nima va uning ehtiyojlariga qanday javob berish kerak?

O‘rta sinf tushunchasi “boylar boyiyveradi, kambag‘allar kambag‘allashaveradi” degan eskirgan qoidani barbod qiladi. O‘rta sinf nima, O‘zbekistonda u qancha daromad oladi, kimlar uning vakiliga aylanishi mumkin hamda biznes va davlat unga qanday taklif yaratishi kerak — tahlilchi Denis Sokolov maqolasida.


dayjest

DXX respublikaning 3 ta hududida giyohvandlik vositalari aylanmasi bilan shug‘ullangan shaxslarni ushladi

Farg‘ona, Xorazm va Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan 15 kilogrammdan ortiq taqiqlangan moddalar musodara qilindi.


dayjest

Xorazmda g‘isht ishlab chiqaruvchi korxona 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Gurlan tumanida g‘isht ishlab chiqarish zavodida 4,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Kompaniya rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va u protsessual tartibda ushlandi.


Madaniyat

dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (10−11-avgust)

“Borderlends” va yana uchta kinopremyera, ochiq osmon ostidagi filmlar namoyishi, kutubxonadagi ma’rifiy dasturlar, yarmarkalar, ko‘rgazmalar, bolalar uchun spektakllar, mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil iyulida: Behzod Hoshimov va “Anjanliklar keldi”, 1000 ta kitob va “Kino ko‘rdim”

“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Iyul oyidagi ro‘yxatdan avvalgi sarhisoblarda bo‘lmagan yangi loyihalar o‘rin oldi, ba’zilarida esa o‘zgarish kuzatildi.


Sport

dayjest

Parij-2024: O‘zbekistonlik sportchilarning 9-avgust kungi chiqishlari taqvimi

Olimpiya o‘yinlarining 14-kunida O‘zbekistonning 13 nafar atleti sportning 5 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo va suvga sakrash bo‘yicha chiqish qiladi. Ikki bokschi oltin medal uchun ringga chiqsa, ikki kurashchi bronza medali uchun bahsga kirishadi.


dayjest

Bokschi Abdumalik Xalokov Olimpiada finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalokov Parijdagi Olimpiada o‘yinlari finaliga chiqdi va “oltin” uchun jang qiladigan beshinchi bokschiga aylandi. Finalda unga o‘zbekistonlik boks murabbiyi yordam bergan qirg‘izistonlik sportchi raqib bo‘ladi.


dayjest

Bokschi Hasanboy Do‘smatov — ikki karra Olimpiada chempioni (video)

O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov Olimpiadaning final jangida fransiyalik raqibini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixida Olimpiya o‘yinlarida ikkita oltin medalga ega chiqqan birinchi bokschi bo‘ldi.


dayjest

Tarixiy natija. Ulug‘bek Rashitov — taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni

Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixidagi ilk ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi.


dayjest

“Qo‘llovingiz maksimal darajada sezildi”. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov — O‘zbekiston xalqiga

Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov o‘zbekistonliklarga ko‘rsatayotgan qo‘llovi uchun minnatdorchilik bildirdi. “Mamlakatimizda tug‘ilganimdan nihoyatda xursandman va nihoyatda faxrlanaman. Butun xalqimizga aytmoqchimanki, qo‘llab-quvvatlovingiz maksimal darajada sezildi”, — dedi u.


dayjest

Prezident telefon orqali Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Prezident Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatovni telefon orqali tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev Rashitov jarohatiga qaramay g‘alaba qozongani va Do‘smatovning jangini “nafas olmay” kuzatganini ta’kidladi.


Jahon

dayjest

Qozog‘iston IIV sobiq rahbariga yanvar namoyishlari bo‘yicha shartli qamoq jazosi berildi

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha o‘z vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topildi va besh yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uning pushaymonligi va muqaddam sudlanmaganini inobatga oldi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!