Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha prezidentlar qator hujjatlarni imzoladi, deb xabar qildi Akorda matbuot xizmati.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining IV Maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining qo‘shma bayonoti:

  • “Markaziy Osiyo — 2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining qo‘shma bayonotida quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:

  • 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish yo‘l xaritasi;
  • 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan Markaziy Osiyo davlatlarining sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining IV Maslahat uchrashuvi doirasida rasmiy delegatsiyalar a’zolari quyidagi hujjatlarni imzoladi:

  • Markaziy Osiyo davlatlarida transport-logistika markazlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • Markaziy Osiyo energetika vazirlarining birinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha kommyunike;
  • Markaziy Osiyo davlatlari transport vazirlari ikkinchi yig‘ilishining Ostona kommyunikesi.

Maslahat yig‘ilishining navbatdagi raisi Shavkat Mirziyoyev bo‘ladi.