Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Qayd etilishicha, “X.Sh.” kompaniyasi rahbari E.S. jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish uskunasining ulanish sxemalarini o‘zgartirish yo‘li bilan tashqari ta’sir ko‘rsatgan.

Buning oqibatida 4 mlrd 786 mln so‘mlik (5 mln 318 ming kVtsoat) elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

бош prokuratura, elektrдaн noqonuniy foydalanish

Holat yuzasidan kompaniya rahbari E.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan, deyiladi xabarda.

“O‘zenergoinspeksiya”ning ma’lum qilishicha, iyul oyida 801 ta holatda jami 234 mlrd 778 mln so‘mlik elektr va tabiiy gaz talon-toroj qilingan. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 304 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.