Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida 9−12-avgust kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga rejalashtirilgan to‘rt kunlik safarini bekor qildi, deya xabar berdi Kyodo agentligi.

Bu Yaponiya meteorologiya agentligi tomonidan e’lon qilingan mamlakat janubi-g‘arbidan markaziy qismigacha cho‘zilgan hududda kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish bilan bog‘liq.

Payshanba kuni Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kishida AQShning juma kuni ertalab Nagasaki shahridagi atom bombasining 79 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tinchlik marosimi doirasidagi matbuot anjumanida safarning bekor qilinishini e’lon qildi. Kunning ikkinchi yarmida u Ostonada bo‘lib o‘tadigan Yaponiyaning Markaziy Osiyo davlatlari — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ishtirokidagi ilk sammitida ishtirok etishi kerak edi.

Yaponiya hukumatiga ko‘ra, payshanba kungi zilzila Miyazaki va qo‘shni ikki prefekturadagi binolarga katta zarar yetkazgan. O‘lim holatlari qayd etilmagan.

япония, фuмио кишида

япония, фuмио кишида

Toshkentda Yaponiya bosh vazirining tashrifi arafasida payshanba kuni ko‘plab ko‘chalarda O‘zbekiston va Yaponiya bayroqlari osildi. Muxbirlarimizga ko‘ra, ularni yig‘ishtirib olish ishlari boshlangan.