9-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvida ishtirok etgani haqida yozgandik. Quyida davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan takliflarni keltiramiz.

  1. Maslahat uchrashuvi formatini yanada takomillashtirish.
  2. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish.
  3. Iqtisodiy sheriklikni rivojlantirishning yangi modelini ishlab chiqish.
  4. Tarif va notarif to‘siqlarni bartaraf etish, muvofiqlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish va reglamentlarni unifikatsiya qilish, bojxona operatsiyalari va fitosanitariya tartib-taomillarini raqamlashtirish, davlat xaridlari jarayonida o‘zaro ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish.
  5. Bosh vazirlar o‘rinbosarlari darajasida Iqtisodiy kengash — muntazam ravishda uchrashuvlarni yo‘lga qo‘yish.
  6. Markaziy Osiyo biznes hamkorligi haftaligini o‘tkazish.
  7. Qisqa qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish, yetakchi xalqaro kompaniyalardan investitsiya va texnologiyalarni jalb qilish, kooperatsiyaning yangi shakllarini joriy etish.
  8. Markaziy Osiyo investitsiya kengashi va mintaqa mamlakatlari Innovatsion rivojlanish bankini tashkil etish, qo‘shma investitsiya forumlarini muntazam o‘tkazib borish.
  9. Transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish.
  10. Transport vazirliklari, tashuvchilar va ekspeditorlar, logistika kompaniyalari va mutaxassislar ishtirokida Ekspertlik konferensiyasini o‘tkazish.
  11. Agrar ishlab chiqarishning innovatsion usullari, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish, chuqur qayta ishlashni rivojlantirish, seleksiya sohasida ilmiy ishlarni kuchaytirish, klasterlar va “aqlli fermalar”ni yaratish.
  12. sentabr oyida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro forum va uning doirasida Mintaqaviy strategiya ishlab chiqish uchun qishloq xo‘jaligi vazirlarining alohida uchrashuvini o‘tkazish.
  13. Orol fojiasiga yechim topishga qaratish maqsadida mintaqadagi ekologik vaziyat haqida qo‘shma taqdimot o‘tkazish.
  14. Markaziy Osiyoni barqaror rivojlantirish kompleks dasturi, Transchegaraviy daryolarning suv resurslaridan oqilona foydalanishning mintaqaviy strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish.
  15. Mintaqaviy o‘ziga xoslikni shakllantirishning amaliy jihatlariga bag‘ishlangan ilmiy forum o‘tkazish.
  16. Innovatsion g‘oyalar va loyihalar mintaqaviy yoshlar tanlovini o‘tkazish.
  17. Markaziy Osiyo ta’lim va akademik almashuv dasturini qabul qilish va mamlakatlardagi yetakchi oliy o‘quv yurtlarining diplomlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish.
  18. Mintaqa davlatlarining iqtidorli talabalari o‘qishi uchun o‘zaro kelishuvlar asosida stipendiyalar ajratish.
  19. “Bitta tur — butun mintaqa” tamoyili bo‘yicha milliy ID kartalarni o‘zaro tan olish va ommaviy turistik mahsulotlarni ishlab chiqish.
  20. Markaziy Osiyoda strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitimni imzolash.