O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev 102 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasi ikkinchi o‘rinni egalladi.

Dast ko‘tarish mashqida 185 kg ko‘targan Jo‘rayev, siltab ko‘tarish dasturida 219 kg ko‘tardi. Ikkala mashq natijasida uning ko‘rsatkichi 404 kg bo‘ldi.

Bu O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining ilk kumush medali bo‘ldi.

Birinchi o‘rinni xitoylik Liu Huanhua umumiy 406 kg bilan egalladi, bronza esa 402 kg bilan neytral bayroq ostida qatnashgan belarus Yauheni Sixansauga nasib qildi.

Akbar Jo‘rayev Tokio Olimpiadasida 109 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egallab, oltin medali sohibi bo‘lgandi. O‘shanda dast ko‘tarish mashqida 193 kg ko‘targan Jo‘rayev, siltab ko‘tarish dasturida 237 kg ko‘targandi. Ikkala mashq natijasida uning ko‘rsatkichi 430 kg bo‘lgan. U siltab ko‘tarish va umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha Olimpiada rekordini o‘rnatgandi.

Foto

акбар жўраев, олимпиада 2024, oltin медаль, og‘ir атлетика, париж 2024, чемпион

Video