O‘zbekiston terma jamoasi bokschisi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 10-avgust kuni bo‘lib o‘tgan final jangi yakunlariga ko‘ra Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

71 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida boks bo‘yicha 23 yoshli jahon chempioni meksikalik 22 yoshli Panamerika o‘yinlari chempioni Marko Alonso Verde Alvaresga qarshi ringga chiqdi.

O‘zbekistonlik uchta raunddan ikkitasini 5:0 hisobida o‘tkazgan bo‘lsa, oxirgisida xuddi shunday hisobda mag‘lub bo‘ldi. Hakamlarning bir xil ballari evaziga Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev g‘alaba qozondi — 5:0 (29:28, 29:28, 29:28, 29:28, 29:28).

Bronza medali amerikalik Omari Jons va britaniyalik Lyuis Richardsonga nasib etdi.

Uchrashuvdan so‘ng u ota-onasiga murojaat qilib, ularni yaxshi ko‘rishini aytdi, shuningdek, prezidentga ham minnatdorchilik bildirdi.

Shu tariqa Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Xasanboy Do‘smatovdan keyin ushbu Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik ikkinchi bokschi bo‘ldi. Shuningdek, Lazizbek Mullojonov (10-avgust 1:34), Bahodir Jalolov (11-avgust 1:51) va Abdumalik Xalokovning (11-avgust 00:47) final janglari ham o‘tkaziladi.

Bu O‘zbekistonning Olimpiadadagi to‘rtinchi oltin medali bo‘ldi — O‘zbekiston uchun eng yaxshi bo‘lgan 2016-yil Olimpiadasi bilan bir xil. Bu terma jamoaga 15 o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi (soat 00:55 holatiga ko‘ra).

асадхўжа мўйдинхўжаев, boks, олимпиаda-2024, олимпия o‘yinlari 2024, париж-2024

Jang videosi

Telegram’da tomosha qilish

Taqdirlash marosimi

Telegram’da tomosha qilish