Parij Olimpiadasining 15-kunida o‘zbekistonlik 10 nafar sportchi 7 ta sport turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo, og‘ir atletika, zamonaviy beshkurash va yengil atletika bahslariga kirishadi. Ular o‘z ishtirokini soat 11:00 dan so‘ng boshlaydi.

Yengil atletika

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

Shohruh Davlatov soat 11:00 da yengil atletikaning marafon yo‘nalishida bo‘yicha bahslarga kirishadi.

28 yoshli sportchi Surxondaryo viloyati Saraosiyo tumanida tug‘ilgan. 2017-yil O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan joy olgan. Murabbiylari Kamoliddin Ro‘zimuhammedov hamda Natalya Xoldorova. Toshkent, Issiq-ko‘l, Olma-ota va bir qator shaharlarda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan xalqaro marafonlarda muntazam ravishda g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olib keladi.

Davlatov 2023-yil 3-dekabr kuni Ispaniyada o‘tgan “Valencia Marathon Trinidad Alfonso” marafonida (42 km, 195 metr) 2 soat, 7 daqiqayu 2 soniya natija qayd etib, Parij-2024 normativini bajarishga muvaffaq bo‘lgan.

Taekvondo WT

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

Nikita Rafalovich taekvondo WT bo‘yicha 14:25 da bahslarga kirishadi. U +80 kg vazn toifasidagi 1/16 bosqichda eronlik Arian Salimiga qarshi jang o‘tkazadi.

Rafalovich Nikita Igorevich 1993-yil 10-oktabr kuni tavallud topgan. 2010-yildan taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Murabbiyi Maksim Rafalovich. Sportchimiz faoliyati davomida Osiyo o‘yinlarining 1 tadan oltin va kumush, jahon chempionatlarining 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga egalik qilgan. Shuningdek, uning hisobida Gran-pri turnirlarining 2 ta kumush va 3 ta bronza, Osiyo chempionatlarining 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari ham mavjud.

Rafalovich Butunjahon taekvondo WT federatsiyasining iyun oyi uchun yo‘llanmalarni qayta taqsimlash dasturiga ko‘ra, +80 kg vazn toifasida Parij-2024 litsenziyasini qo‘lga kiritdi.

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

Svetlana Osipova esa taekvondo WT bo‘yicha bahslarri 14:36 da boshlaydi. U +67 toifasida 1/16 bosqichida Kot-d'Ivuar vakilasi Astan Keterin Fage Bazili bilan bellashadi.

Svetlana 2000-yil 3-may kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tavallud topgan. 2016-yildan taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Dastlab Pahlavon Sobirov qo‘l ostida shug‘ullangan qahramonimizga hozirda Pavel Xan murabbiylik qilmoqda. Osipova ayollar o‘rtasida eng yuqori vazn toifasida qator g‘alabalarga erishib kelmoqda. Jumladan, 2017-yil Ashxoboddagi Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida kumush, Jakarta-Palembang-2018 Osiyo o‘yinlarida yakkalik, Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarining yakkalik va aralash jamoaviy dasturlarida bronza medallari bilan taqdirlangan. Boku-2017 Islom birdamligi o‘yinlaridagi bronza medalini Konya-2021 o‘yinlarida oltinga aylantirdi. 2022-yil Gvadalaxara mezbonlik qilgan jahon chempionatida oltin, kelasi yil Bokuda o‘tgan dunyo birinchiligida esa bronza medaliga ega chiqqan. Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. 2019-yil “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

2023-yil dekabr oyida Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan reyting yakuniga ko‘ra, +67 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Og‘ir atletika

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

Akbar Jo‘rayev og‘ir atletika bo‘yicha bahslarni 14:30 da boshlaydi. U -102 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida o‘z mahoratini ko‘rsatadi.

Akbar 1999-yil 8-oktabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida dunyoga kelgan. 2017-yildan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga murabbiy Bahrom Mendiboyev qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yurtdoshimiz yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni, Osiyo chempionatlarining 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali sohibi hisoblanadi. Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o‘yinlarida shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan. Jo‘rayev 2021-yil Toshkent va 2023-yil Ar Riyod shaharlari mezbonlik qilgan jahon chempionatlarida -109 kg vazn toifasida tengsiz ekanini ko‘rsatgan. Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida esa Olimpiada rekordi bilan chempionlikni rasmiylashtirgan. Ushbu natijalari evaziga “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Jo‘rayev Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) tomonidan e’lon qilingan Olimpiada reytingi yakuniga ko‘ra, -102 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

Og‘ir atletika bo‘yicha yana bir vakilimiz Rigina Adashbayeva esa o‘z chiqishlarini 19:00 da boshlaydi. U -81 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bellashadi.

Adashbayeva Rigina Nodir qizi 2001-yil 29-oktabr kuni dunyoga kelgan. 2020-yildan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Murabbiyi Nurillo Tog‘ayev. Musobaqalarda -81 va -87 kg vazn toifalarida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Rigina Osiyo chempionatlarida 4 ta kumush va 2 ta bronza, Konya-2021 Islom birdamligi o‘yinlarida bronza va Belarusda o‘tgan II MDH o‘yinlarida kumush medal bilan taqdirlangan.

Adashbayeva Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) tomonidan e’lon qilingan Olimpiada reytingi yakuniga ko‘ra, -81 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Badiiy gimnastika

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

Badiiy gimnastika bo‘yicha vakilalarimiz 17:00 da guruh mashqini o‘tkazadi. Tarkibda 5 nafar qiz bor: Evelina Atalyants, Shaxzoda Ibragimova, Mumtozabonu Is’hoqzoda, Amaliya Mamedova, Irodaxon Sadikova.

Zamonaviy beshkurash

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

Alise Faxritdinova zamonaviy beshkurash (sakrash, qilichbozlik, otish, yugurish, suzish) bo‘yicha yarim finalning B guruhi vakillari orasida ishtirokini davom ettiradi. Bahslar 17:10 da boshlanadi.

Alise Faxritdinova 8-avgust kuni bo‘lib o‘tgan qilichbozlik bo‘yicha kechgan bahslarda sportchimiz 220 ball jamg‘arishga erishgandi.

Erkin kurash

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

Razambek Jamalov erkin kurash finalida yaponiyalik Daichi Takataniga qarshi 22:25 da matga chiqadi. 9-avgust kuni -74 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan terma jamoamiz a’zosi Razambek Jamalov yarim finalda tojikistonlik Viktor Rassadinni mag‘lubiyatga uchratgandi.

Boks

олимпия o‘yinlari, париж 2024, sport

57 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida u kattalar olimpiadasida debyut qilgan Abdumalik Xalokov 11-avgustga o‘tar kechasi soat 00:45 da final bahsini o‘tkazadi. Oltin medal uchun jang Akmal Hasanov yordam bergan qirg‘izistonlik Munarbek Seyitbek o‘g‘liga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Yana bir finalda ishtirok etadigan bokschimiz Bahodir Жалолов esa 01:50 da ispaniyalik Ayyub Gadfaga qarshi ringga ko‘tariladi.