Tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in videosi tarqaldi. Hodisa yuzasidan poytaxt FVB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 10-avgust kuni soat 14:02 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangishahar ko‘chasida joylashgan do‘konlarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 14:08 da yetib borib, yong‘in soat 14:29 da o‘chirilgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.