Buyuk Britaniya terma jamoasining ikki nafar yordamchi xodimi Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevning hayotini saqlab qolishga yordam berdi. Bu haqda Britaniya jamoasi fizioterapevtiga tayanib, The Guardian, PA Agency va mamlakat boks federatsiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Rolan-Garros” stadionining mashg‘ulot hududida finalda fransiyalik Bilol Bennamani mag‘lub etgan Xasanboy Do‘smatovning oltin medalini nishonlash chog‘ida 41 yoshli To‘lqin Qilichevning yuragi xuruj qilgan.

Bokschi Hasanboy Do‘smatov, uning murabbiyi Ziyatdinbek Toyg‘onboyev (chapda) va O‘zbekiston boks jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev (o‘ngda) ikki raqamini ko‘rsatib Do‘smatovning Olimpiadadagi ikkinchi oltin medali ekaniga ishora qilishmoqda.Bokschi Hasanboy Do‘smatov, uning murabbiyi Ziyatdinbek Toyg‘onboyev (chapda) va O‘zbekiston boks jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev (o‘ngda) ikki raqamini ko‘rsatib Do‘smatovning Olimpiadadagi ikkinchi oltin medali ekaniga ishora qilishmoqda.

Buyuk Britaniyaning boks bo‘yicha shifokori Xarj Singx va fizioterapevt Robbi Lillis ham mashg‘ulot hududi yaqinida bo‘lishgan va unga shoshilinch yordam ko‘rsatishgan. Singx sun’iy nafas bergan, Lillis esa defibrillyator amaliyotini qo‘llagan.

“O‘zbekiston murabbiylar jamoasi mashg‘ulot joyiga qaytib kelishdi va ularning barchasi g‘alabani nishonladi, so‘ngra bu hududdan bayram bilan bog‘liq bo‘lmagan hayqiriqlar eshitildi. Shifokorlarni chaqiring, degan ovozlar bo‘ldi. Xarj birinchi bo‘lib yordamga yugurdi va men uning orqasidan qo‘limdagi sumka bilan ergashdim”, — dedi Lillis.

“Men xonaga 30 soniya o‘tib yetib kelganimda, Xarj allaqachon murabbiyda yurak-o‘pka reanimatsiyasini bajarishni boshlagan edi. Bir necha murabbiylar vaziyatdan xavotirda edilar, shuning uchun ularni o‘ziga keltirishga biroz vaqt kerak bo‘ldi. Men travma sumkasini ochdim, defibrilatorni chiqarib, iloji boricha tezroq yostiqchalarni qo‘ydim. Biz uning yurak urish tezligini tahlil qilganimizdan so‘ng, u shok kerakligini aytdi, shuning uchun biz hammani chiqarib yubordik va buni qildik”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, To‘lqin Qilichev Xarj sun’iy nafas berishni davom ettirgandan so‘ng taxminan 20−30 soniyalarda hushiga kelgan.

Qilichev hozirda kasalxonaga yotqizilgan, uning ahvoli barqaror, deb baholanmoqda.

boks, олимпиада 2024, париж 2024, тўлқин қиличев, ҳасанбой дўсматов

Lillis payshanba kuni kechqurun voqeadan keyin umuman uxlamaganini aytdi: “Shubhasiz, o‘sha paytda bu vaziyatni hal qilish qandaydir adrenalin bo‘ldi. Men o‘z vazifamni bajardim va kimningdir omon qolishiga yordam berganimdan minnatdorman”.

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi tafsilotlarga izoh bermadi va To‘lqin Qilichev bilan “hammasi joyida, u hozir ancha yaxshi” ekanini aytishdi.