11-avgust kuni O‘zbekistonda epitsentri Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelgan yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Zilzila markazi — Parkent tumani. Koordinatalar: 41,42 gradus shimoliy kenglik; 69,97 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 3,1. Chuqurlik — 15 km. Epitsentr Toshkentdan 65 km shimoli-sharqda.

Xabarda zilzilaning sezilish kuchi hamda qo‘shni hududlarda ham sezilgani yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.