Odinsovo shahrida (Rossiya) o‘tkazilgan reydlarda 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya ichki ishlar vazirligining Odinsovo shahri okrugidagi 5-politsiya bo‘limida 4 kundan ortiq vaqt davomida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy ushlab turilgani haqida xabarlar tarqalgan.

Vaziyatga aniqliq kiritish maqsadida 8-avgustda elchixonaning konsullik bo‘limi xodimlari okrukdagi bo‘limda bo‘lgan. Uchrashuv davomida o‘zbekistonliklar mamlakat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Odinsovo shahar okrugida o‘tkazilgan reyd natijasida hibsga olingani aniqlangan.

“Yuqorida qayd etilgan O‘zbekiston fuqarolari Moskva viloyati hududida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan mehnat faoliyatini noqonuniy ravishda olib borishgan”, — deyiladi xabarda.

9-avgust kuni ular Rossiyadan chiqarib yuborish uchun IIVning Moskva viloyati bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.

Elchixona Rossiyaga kelishni rejalashtirayotganlardan, shuningdek, mehnat migratsiyasi bo‘yicha shu yerdagi fuqarolardan mamlakatda belgilangan qonun hujjatlariga rioya qilishlarini so‘radi.