O‘zbekistonlik taekvondo ustasi Svetlana Osipova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘ldi. U finalda sobiq jahon chempioni va Tokio-2020 bronza medali sohibi Alteya Lorenga mag‘lub bo‘ldi. Biroq, Svetlananing medali O‘zbekiston tarixida taekvondochi ayollar qo‘lga kiritgan ilk sovrin bo‘ldi.

Final jangining birinchi bo‘limida raqib 3 ochko olib, ustun keldi. Ikkinchi bo‘limda Svetlana Osipova ham 3 ochko qo‘lga kiritdi. Biroq, asosiy vaqt yakunida Fransiya tomoni norozilik bildirib, jang vidosini qayta qo‘rish uchun hakamlarga so‘rov kiritdi. Hay’at a’zolari murabbiyning so‘rovini qanoatlantirdi va Alteya Lorenga e’tiborga olinmay qolgan zarbasi uchun 3 ochko berdi, g‘isob tenglashdi. Yakunda raqibdagi faollik hisobiga fransuz sportchisi jangda g‘olib bo‘ldi.


Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Svetlana Osipova ushbu sport turida Olimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan birinchi ayol sportchiga aylandi.

Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar hozircha jami 12 ta: 7 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.