Toshkent hokimligi Beruniy metro bekati yaqinidagi Universitet va Farobiy ko‘chalari kesishmasida Beruniy yodgorligi orqasidagi yashil hudud (xarita) — Beruniy xiyoboni konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Fuqarolarning fikrini bilish uchun poytaxt ma’muriyati so‘rovnoma ishlab chiqdi. Javoblar 14-avgustgacha qabul qilinadi.

Rezidentlar bog‘da nimani yoqtirmasligini, u yerda qanday obyektlar va funksiyalarni ko‘rishni xohlashlarini, shuningdek, bolali ota-onalar va nogironligi borlar tashrif buyurishi uchun qulay yoki qulay emasligini ko‘rsatishlari mumkin.

Bundan tashqari, yashil hududlar sifati va shaharning ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan istak va takliflarni ham qoldirish mumkin.