I-REC yashil sertifikatlari Click muqobil energiya ishlab chiqaruvchi korxonalar rivojlanishiga investitsiya qilganini anglatadi.

Sertifikatlarni topshirish marosimi 9-avgust kuni Click ofisida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ vakillari ishtirok etdi. Yashil sertifikatlar kompaniya bosh direktori Ulug‘bek Rustamovga tantanali ravishda topshirildi.

I-REC sertifikati kompaniya tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasi muqobil manbalar: shamol, quyosh energiyasi va gidroenergetikadan foydalangan holda olinganini tasdiqlaydi.

click, реклама

Yashil sertifikatlar kompaniyaning barqaror rivojlanish va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish yo‘lini ongli ravishda tanlaganining isbotidir. Muqobil energiya manbalaridan foydalanish nafaqat uglerod izini kamaytiradi, balki barcha uchun toza va sog‘lom kelajak yaratishga yordam beradi.

Click`ning yashil energiyaga intilishi — sayyorani kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish istagidan kelib chiqqan.

“Kompaniyamiz doimo ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlardan foydalanishga intilgan va bugun faxr bilan e’lon qilishimiz mumkinki, Click O‘zbekistonda yashil sertifikatlarni qo‘lga kiritgan birinchi kompaniya bo‘ldi. Mazkur sertifikatlar bizning ekologik mas’uliyatimiz hamda barqaror rivojlanish tarafdori ekanimiz dalolatidir. Umid qilamizki, bizning tashabbusimiz boshqa kompaniyalar uchun o‘rnak bo‘lib, ularni ham bu yo‘lda chora-tadbirlar ko‘rishga ilhomlantiradi”, — dedi Click kompaniyasining bosh direktori Ulug‘bek Rustamov taqdirlash marosimida.

Yashil sertifikatlarga ega bo‘lish shunchaki ramziy harakat emas. Bu atrof-muhitni muhofaza qilishga qo‘shilgan haqiqiy hissa va barqaror kelajak sari muhim qadamdir.

Reklama huquqlari asosida.