Iqtisodiyot

dayjest

Quyosh paneli o‘rnatilganda soliq imtiyozlarini qo‘llashga cheklov olib tashlandi

Prezident Soliq qo‘mitasiga quyosh panellarini o‘rnatishda yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha cheklovni olib tashlash topshirig‘ini berdi. Hozirda imtiyoz faqat maydonning qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalari o‘rnatilgan qismiga tegishli.


Jamiyat

dayjest

Foto: Xivada “Qovun sayli” festivali o‘tkazildi

Xiva shahrida 9−11-avgust kunlari “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tdi. An’anaviy festivalda 60 ta pavilon tashkil qilinib, unda 125 ga yaqin qovun navi namoyish etildi. Yangibozor tumani Gran-priga loyiq ko‘rilib, Tracker avtomobili bilan taqdirlandi. Foto.


dayjest

Termizda Imom Termiziy nomidagi islom instituti tashkil etildi

Adliya vazirligi Imom Termiziy nomidagi islom institutini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Unga 2024−2025 o‘quv yili uchun qabul 14-avgustdan 20-avgustgacha davom etadi. Mamlakatdagi oliy diniy ta’lim muassasalari soni 4 taga yetdi.


dayjest

Hafta davomida harorat ko‘tariladi, lekin oxirida yana pasayadi

O‘tgan hafta oxirida pasaygan harorat yangi hafta davomida yana ko‘tariladi. Dushanbadan havo +37…+43 darajagacha isiydi. Payshanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlarga salqin havo kirib kela boshlaydi, juma kuni esa barcha hududlarga tarqaladi.


dayjest

IIV Salim Abduvaliyevning o‘limini rad etdi

O‘zbekiston IIV matbuot xizmati YouTube`dagi “Avtoritet” kanali tomonidan tarqatilgan Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) o‘limi haqidagi xabarni rad etdi.


dayjest

Zomindagi dor yo‘li 18-avgustgacha yopildi

“Zomin” sayyohlik-rekreatsion zonasidagi dor yo‘li 12-avgustdan 18-avgustga qadar ishlamaydi. Bu paytda yilda bir marta o‘tkaziladigan profilaktika ishlari olib boriladi.


dayjest

Toshkent shahri hokimligi — mahallalarda yer uchastkalarini sotish platformasi ishga tushgani haqida

Toshkentda mahallalardagi yer uchastkalari sotiladigan va ijaraga beriladigan projects.toshkentinvest.uz platformasi ishga tushdi. Yig‘ilgan mablag‘lar mahalla va tuman rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi, deya ta’kidladi hokimlik. Shahar ma’muriyati sotuvga qo‘yilgan bolalar maydonchasiga ham izoh berdi.


dayjest

O‘zbekistonda bitiruvchilarning deyarli 60 foizi hali ish topolgani yo‘q — bandlik vaziri

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev deputatlarga OTMlarni bitirgan 214 ming nafar bitiruvchidan 126 ming nafari (59 foizi) hali ham ishsiz ekanini aytdi. Avgust-sentabr oylarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ularni joylashtirish rejalashtirilmoqda.


dayjest

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini obodonlashtirish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini (Beruniy metro bekati yonida) obodonlashtirish bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda. Rezidentlar u yerda nimani xush ko‘rishi, qanday obyektlar va funksiyalarni ko‘rishni xohlashi, shuningdek, hudud harakatlanish imkoniyati cheklanganlar uchun qanchalik qulay ekanini ko‘rsatishi mumkin.


dayjest

Respublika perinatal markazida 4 egizak tug‘ildi

Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayol 4 nafar egizak — 3 qiz va 1 o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Chaqaloqlarning ahvoli yaxshi, ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog-shifokor va hamshiralar nazorati ostida.


dayjest

“Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi”. Prezident — sportchilarning Olimpiadadagi ishtiroki haqida

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning Parij Olimpiadasidagi ishtiroki munosabati bilan tabrikladi. “Tokio Olimpiadasidan keyin top-15 ga kiramiz deb, katta maqsad qo‘ygandik… Bu yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi”, — dedi u.


dayjest

Surxondaryoda 10 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilishda gumonlangan erkak qo‘lga olindi

Denov tumanida 32 yoshli erkak qo‘shnisining 10 yoshli qiziga uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyatsiz qiliqlar qilganlikda gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.


dayjest

Namanganda o‘qituvchilarni o‘t-o‘lan yulishga majburlagan maktab direktori jarimaga tortildi

Pop tumanidagi 43-maktab direktori ta’til paytida o‘qituvchilarga o‘t-o‘lan yuldirdi. Uning aytishicha, “saylov jarayonlari nazorati uchun kelganlar obodonlashtirishni ko‘radi”. Bandlik vazirligining ma’lum qilishicha, direktor 17 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.


Sport

dayjest

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida kutib olinadi (sportchilar korteji yo‘nalishi)

12-avgust kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportining 3-terminalida tantanali kutib olinadi. Olimpiada chempionlari va sovrindorlari aeroportdan MOQ binosigacha avtobus kortejlarida harakatlanadi.


Jahon

dayjest

Ukrainaning Kurskdagi operatsiyasi maqsadi noma’lum, ammo bu armiya ruhiyatini ko‘tardi — Economist

Ukrainaning Rossiyaning Kursk viloyatidagi hujumidan ko‘zlangan yakuniy maqsad noma’lumligicha qolmoqda. Rossiya Federatsiyasi frontning boshqa hududlaridan qo‘shinlarini Ukraina xohlaganchalik tez olib chiqmayapti. Ammo operatsiya ukrainaliklarning ruhiyatini allaqachon ko‘targan, deb yozadi The Economist.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!