Tarixda ilk bor FIFA futzal jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. 14-sentabrdan 6-oktabrgacha muxlislar uchta mezbon shahar — Toshkent, Buxoro va Andijonda qiziqarli uchrashuvlarni tomosha qilish va unutilmas lahzalarni his qilish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladi.

Futzal bo‘yicha FIFA jahon chempionati 10-avgust kuni boshlangan va 13-avgustga qadar O‘zbekistonning 24 shahriga tashrif buyuradi, u yerda muxlislar mo‘’jiza lahzasidan bahramand bo‘lish va FIFA futzal jahon chempionatining 6-oktabr kuni Toshkent shahrida bu yilgi tanlov g‘olibiga topshiriladigan rasmiy kubogi bilan suratga tushish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladi. FIFA global hamkori sifatida Coca-Cola #belivingismagic, #ishonchbumo‘jiza xeshtegi ostida FIFA futzal jahon chempionati turniriga qo‘shildi va butun tur davomida muxlislarga dam olish, yangi tajriba orttirish va g‘alaba qozonish uchun ilhomlanish imkoniyatini taqdim etuvchi faollik va dam olish joylarini tashkillashtiradi.

Coca-Cola tadbirni qo‘llab-quvvatlashdagi maqsadlaridan biri kubok tashrif buyuradigan har bir shaharda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga hissa qo‘shishdir. Bir misol, bu tur davomida yig‘ilgan barcha PET plastiklarini qayta ishlash mumkin. Bu ekologik mas’uliyat va atrof-muhitni saqlashga hissa qo‘shish istagi muhimligini ta’kidlaydi. O‘zbekistonda futzal ayniqsa so‘nggi yillarda jadallik bilan ommalashib bormoqda. An’anaviy futbolga qaraganda kichikroq maydonda va kichikroq to‘p bilan o‘ynaladigan ushbu tezkor va qiziqarli sport o‘zining dinamikligi va texnik murakkabligi bilan muxlislar va futbolchilar e’tiborini tortadi.

FIFA futzal jahon chempionati dunyoning turli joylaridan kelgan odamlarni futbol ishqibozlari va sportchilarning yangi avlodiga ilhomlantiruvchi unutilmas voqea bo‘lishni va’da qilmoqda.

Reklama huquqlari asosida.