Dushanba kechasi Uzbekistan Airways’ning Parijdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi bilan yetib kelgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

olimpiada-2024

Trapda ularni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva, bosh vazir Abdulla Aripov, Sport vazirligi rahbariyati, poytaxt hokimi va boshqa mutasaddilar kutib oldi.

olimpiada-2024

Aeroportning mahalliy terminalida sportchilarni qarindoshlari qarshi oldi. Ko‘plab jurnalistlar, jumladan, “Gazeta.uz” muxbirlari terminal binosiga kira olmadi.

olimpiada-2024

Rasmiy marosimdan so‘ng sport delegatsiyasi ikki qavatli avtobuslarda Milliy olimpiya qo‘mitasiga olib borildi.

Muxlislar delegatsiya marshruti bo‘ylab O‘zbekiston bayroqlari va 2024-yilgi Olimpiada sovrindorlarining yuzlari tushirilgan plakatlarni ko‘tarib turdi.