9−11-avgust kunlari Xiva shahridagi qadimiy “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida an’anaviy “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tdi. Turizm qo‘mitasi jarayon aks etgan suratlarni taqdim etdi.

Festivalning ochilish marosimida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

“Turizm sohasining rivojlanishiga agroturizm yo‘nalishi ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Har yili ayni qovun pishig‘i mavsumida o‘tkazilishi an’anaga aylangan mazkur festival oxirgi ikki yil davomida xalqaro darajada bo‘lib o‘tayotganini alohida e’tirof etish zarur”, — dedi Umid Shadiyev.

Festival uchun “Polvon” darvoza oldidagi “Alleya” maydonining 4 gektarida 60 ta pavilon tashkil qilindi. U yerda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shuningdek, Xorazm viloyatidagi 13 ta shahar va tuman hokimliklari o‘z hududlarida yetishtirilgan meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, xususan, qovun mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Pavilonlarda “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qariqiz”, “Tuya qovun”, “To‘yona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, “Ko‘k gulobi”, “Bo‘rikalla” kabi mahalliy qovunlarning 125 ga yaqin navi namoyish qilindi. Bundan tashqari, hunarmadchilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmalari, folklor jamoalarining chiqishlari ham bo‘lib o‘tdi.

Festival yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga mukofotlar topshirildi. Xususan, Xorazm viloyati Yangibozor tumani Gran-priga loyiq ko‘rilib, Tracker avtomobili bilan taqdirlandi. Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Urganch shahriga Onix, ikkinchi o‘rinni egallagan Xiva tumaniga esa Damas mashinasi topshirildi. Uchinchi o‘rin esa Urganch, Qo‘shko‘pir tumanlari va Xiva shahriga nasib qildi hamda ularning har biriga mototsikl berildi.

Shuningdek, “Qovunni qayta ishlash va saqlagani uchun”, “Qadimiy Xorazm navlarini tiklash va yangi innovatsion texnologiyalar joriy qilganligi uchun”, “Qovunchilikda eng yuqori rentabellikka va eksportbop qovun yetishtirganligi uchun”, “Eng shirin ekologik qovun yetishtirganligi uchun” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, taqdirlandi.

Qayd etilishicha, 2023-yili festival doirasida 200 mingdan ziyod mahalliy va 15 mingga yaqin xorijiy sayyohlar qamrab olingandi. Joriy yilda esa uch kunlik festival davomida Xorazm viloyatiga 400 ming nafarga yaqin mahalliy va 30 mingdan ortiq chet ellik turistlar keldi.

Foto

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli

туризм qo‘mitasi, хиva, qovun sayli