Toshkent hokimligi poytaxtda yer uchastkalarini sotish va ijaraga berish bo‘yicha ishga tushirilgan onlayn platforma yuzasidan izoh berdi.

projects.toshkentinvest.uz sayti E-auksion tizimi bilan integratsiyalashgan auksion tamoyilidagi platforma hisoblanadi. Unda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun 110 dan ortiq yer uchastkalari aks ettirilgan.

obyektlarni sotish yoki ijaraga berishdan olingan barcha mablag‘lar mahalla va tuman rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi, deyiladi xabarda.

Poytaxt aholisi Olmazor tumanidagi “Yangi Sebzor” mahallasidagi 1,2 mlrd so‘mga baholanib, sotuvga qo‘yilgan 250 kvadrat metr maydondagi bolalar maydonchasi taqdiriga xavotir bildirmoqda.

Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, bunday obyektlarni sotib olish “tadbirkorga mas’uliyat yuklaydi va natijada aholi farovonligiga xizmat qiladi: yangi ish o‘rinlari yaratiladi, infratuzilma yaxshilanadi, ijtimoiy-iqtisodiy samara beradi”.

Ma’lum qilinishicha, “Yangi Sebzor” mahallasi “Obod mahalla” dasturi doirasida yangilanmoqda.

auksion, yer сотуви, тошкент, тошкент hokimligi

“Mahallaning yangi bosh rejasi bevosita aholining istaklari va ular bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan. Jumladan, bolalar maydonchasi joylashuvini o‘zgartirish, ya’ni uni transport qatnovi qismdan ichkariroqqa ko‘chirish ham aholi istagi edi. Shuningdek, loyiha hududdagi daraxtlarning kesilishini istisno qiladi”, — deya tushuntirdi hokimlik.

Poytaxt hokimligining ta’kidlashicha, suratda “maydonachaga eskirgan qurilmalar o‘rnatilgani, ularning ayrimlari buzilgani, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l yoqasida joylashganini” ko‘rish mumkin va “bu aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradi”.

Shu sababli, “Obod mahalla” dasturi doirasida poytaxtning 60 ta boshqa mahallasida qilingan va qilinayotgan ishlar kabi buni ham xavfsizroq joyga ko‘chirish, qoplamasini yangilash va yangi arg‘imchoqlar hamda jihozlar bilan to‘ldirish rejalashtirilgan.

Mahallalarda bolalar maydonchalaridan tashqari, yoritish tizimi yangilanmoqda, sug‘orish tizimi o‘rnatilmoqda, qo‘shimcha daraxt va butalar ekilmoqda, yangi o‘rindiqlar, ayvonchalar, chiqibdi qutilari va boshqalar o‘rnatilmoqda.

Aprel oyida Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov poytaxtda mahallalar faoliyatining yagona mexanizmi joriy etilishini ma’lum qilgandi. Ularning infratuzilmasi va tashqi ko‘rinishi yagona standartga keltiriladi, shaffof monitoring tizimi yaratiladi. “Mahallalarning asl boshqaruvi fuqarolar qo‘liga, qulayligi va xavfsizligini ta’minlash esa mas’ullarga yuklatiladi”, — deyiladi xabarda.