Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Zomin” sayyohlik-rekreatsion zonasida joylashgan dor yo‘li 12-avgustdan vaqtincha yopildi, deya xabar bermoqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, osma dor yo‘li 18-avgustga qadar ishlamaydi. Bu paytda yilda bir marotaba o‘tkaziladigan profilaktika ishlari olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur dor yo‘li 2023-yilning avgustida ochilgandi. Uning uzunligi 2102 metr bo‘lib, 12 ta minorali 11 ta ustunga ega va soatiga 1200 sayyohga xizmat ko‘rsatadi. 133,3 mlrd so‘mlik loyiha Shveysariyaning Bartolet kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.