13-avgust kuni Toshkentdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston delegatsiyasini Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Tadbirda bosh vazir Abdulla Aripov, O‘zbekiston prezidentining kuyovi, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, uning birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abduraxmanov, Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov va boshqalar ishtirok etdi.

paralimpiya o‘yinlari

paralimpiya o‘yinlari

28-avgustdan 8-sentabrga qadar Fransiyaning Parij shahrida o‘tkaziladigan o‘yinlarga 65 nafar o‘zbekistonlik para atlet 9 ta sport turidan (para yengil atletika, para taekvondo, para o‘q otish, para suzish, para kanoe, para akademik eshkak eshish, para dzyudo, para pauerlifting va para velosport) jami 113 ta litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Tadbir davomida yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari — para yengil atletikaning yadro otish dasturida ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Xusniddin Norbekov va disk uloqtirish dasturida Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari oltin medali sohibasi Mohigul Hamdamovaga davlat bayrog‘i topshirildi.

paralimpiya o‘yinlari

Qayd etilishicha, bu O‘zbekiston Paralimpiyasi tarixida rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Paralimpiyachilar 2016-yil Rio de Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarga 32 ta, Tokioda bo‘lgan o‘yinlarga esa 70 ta litsenziya qo‘lga kiritgan.

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan 65 nafar para atletning 29 nafari, ya’ni 45 foizi ayol sportchilar hisoblanadi. Bundan tashqari, para o‘q otish bo‘yicha ilk bor o‘zbekistonlik ayol sportchi — Shaxnoza Mamajonova Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi.

paralimpiya o‘yinlari

Fransiya poytaxtidagi o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi para velosport turidan debyut qiladi. Ikki nafar para velosportchi XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida velopoyganing 8 ta yo‘nalishda bahs olib boradi.

paralimpiya o‘yinlari

Para yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi Shaxina Yigitaliyeva O‘zbekiston tarixida Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan eng yosh sportchi hisoblanadi. U 2008-yil 19-oktabrda tug‘ilgan.

XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritgan sportchilar ro‘yxati

paralimpiya o‘yinlari

paralimpiya o‘yinlari

paralimpiya o‘yinlari