Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi, deb xabar berdi O‘zA.

Shahnoza Mirziyoyeva (prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi) hozirda prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Paralimpiya jamoasi 28-avgustdan 8-sentabrga qadar Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi. Fransiyadagi musobaqada qatnashish uchun 65 nafar o‘zbekistonlik para atlet 9 ta sport turidan jami 113 ta litsenziya olgan.