13-avgust kuni tarmoqlarda “22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi samosud qilindi” mazmundagi videolar (1, 2) tarqaldi. Videolar yuzasidan Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, videodagi holat 2024-yilning 5-avgust kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Qizil-suv mahallasida joylashgan Mehribonlik uyi oromgohida (Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyidan kelgan) tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Oromgohga dam olishga kelgan 3 nafar (2008-yilda tug‘ilgan S.X., D.I va V.L.) tarbiyalanuvchilar o‘zaro janjallashgan va ushbu holatni boshqa bir tarbiyalanuvchi video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Holat yuzasidan hududiy ichki ishlar boshqarmasi xodimalari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.