Namangan viloyati Pop tumanida 9-avgust kuni fuqaro 3 kishini qasddan o‘ldirdi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga.

Xabarda aytilishicha, soat 21:40 lar chamasida Boyon mahallasida yashovchi A.M. ismli yigit qarindoshi M.R. (ayol)ning yashash xonadoniga borgan. U yerda ular avvaldan mavjud bo‘lgan mulkiy nizo sababli janjallashgan.

Oqibatda A.M. ayol va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini pichoq urib qasddan o‘ldirgan va voqea joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov xarakatlari olib borilmokda.