Samarqand viloyati Jomboy tumanida Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi bolani urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Qayd etilishicha, holat 9-avgust kuni soat 19:40 atrofida sodir bo‘lgan. Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan, so‘ngra yo‘l chetida turgan 4 yoshli bolani urib yuborgan. Oqibatda bola olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida halok bo‘lgan.

Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq Kattaqo‘rg‘on tumanida Nexia mashinasining mast haydovchi velosipedda 4 va 7 yoshli qizlari bilan ketayotgan yo‘lовчиниurib yuborgandi. Oqibatda ota va kichik qiz voqea joyida halok bo‘lgan, haydovchi qamoqqa olingan.