Transport vazirligi viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi.

Muntazam qatnovlar Uzautotrans Service korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. U, xususan, quyidagi yo‘nalishlarda harakatni boshlaydi:

17-avgustdan:

  • Toshkent-Shahrisabz-Kitob, Toshkent-Yangiyer;

22-avgustdan:

  • Toshkent-Qarshi-Koson, Toshkent-G‘uzor-Qamashi;

23-avgustdan:

  • Toshkent-Boysun.

Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan “Toshkent” avtovokzali hamda amalga oshiruvchi korxona sahifalarida tanishish mumkin.

Bundan tashqari, borish va qaytish chiptalarini elektron tarzda avtoticket.uz sayti hamda ATTO, UzBUS mobil ilovalari orqali ham sotib olish mumkin.