14-avgust kuni Toshkent shahridagi “L-Parkentskiy-1” elektr tarmog‘i va “Lafarga” podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Vazirlikning yozishicha, buning oqibatida Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumani iste’molchilari qisman (3 140 ta) elektr ta’minotidan uzildi.

elektr ta’minoti, elektr uzilishi, energetika vazirligi, mirzo ulug‘bek, yashnobod

Hudud aholisi shahar hokimligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi markaziy dispetcherlik xizmati Telegram guruhi orqali yashash uyida elektr yo‘qligidan shikoyat qilmoqda.

Telegram guruhdagi ayrim murojaatlar.

Xususan, Parkent ko‘chasida 5−6 soat, Riyoziy va Yalang‘och massivlarida 4 soatdan buyon chiroq yo‘qligi, buning oqibatida suv ham kelmayotgani aytilmoqda. Oltintepa ko‘chasida yashovchi iste’molchilardan biri esa kun davomida 12 soat elektr ta’minlanmaganini yozdi.

elektr ta’minoti, elektr uzilishi, energetika vazirligi, mirzo ulug‘bek, yashnobod

Energetika vazirligi soat 21:56 hisobida nosozlikliklarni bartaraf etish ishlari olib borilayotganini va qisqa vaqt ichida bartaraf etilishini aytdi va keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.

Markaziy dispetcherlik xizmati esa soat 23:48 da elektr ta’minoti “taxminan 2 soatlarda” tiklanishini ma’lum qildi.