AQSh Adliya vazirligi o‘tgan haftada Vashington sudi Google’ni qidiruv tizimlari va onlayn reklama bozorida monopolist deb tan olganidan so‘ng kompaniyani bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi The New York Times manbalariga tayanib.

Nashr suhbatdoshlarining fikricha, agar bu reja amalga oshsa, kompaniya Android operatsion tizimi bo‘limi va Chrome brauzerini ajratishi kerak bo‘ladi.

Boshqa ehtimoliy variantlar o‘z ichiga “Google'ni o‘z ma’lumotlarini raqobatchilari bilan bo‘lishishga majburlash”, shuningdek, Apple va boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari bilan Google’ni standart qidiruv tizimi sifatida o‘rnatishga majbur qiladigan bitimlardan voz kechishni oladi.

Adliya vazirligi, shuningdek, kompaniyadan matnli reklamalarni amalga oshirish uchun foydalanadigan Google AdWords tizimi sotuvini talab qilishni ham ko‘rib chiqmoqda.

Hukumat hozirda turli kompaniyalar va ekspertlar bilan uchrashib, ularning Google ustunligini cheklash bo‘yicha takliflarini muhokama qilmoqda, deya xabar beradi gazeta manbalari.

Google vakillari izoh berishdan bosh tortdi.

Bloomberg’ning ta’kidlashicha, biznesni majburiy ajratish, agar reja qabul qilinsa, 1980-yillarda AT&T tarqatib yuborilganidan beri AQShdagi eng kattasi bo‘lishi mumkin.