Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanish oqibatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati.

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Navro‘z mahallasidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi tekshirildi. Natijada korxona mas’ullari elektr hisoblagichni o‘zboshimchalik bilan almashtirib, dasturga kiritmagani aniqlandi.

Buning oqibada keltirilgan 1 milliard 85 million so‘m miqdoridagi zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.