Korzinka va Cotton Club zamonaviy turar joy majmuasidan yangi kvartira yutib olish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. Aksiyaning barcha ishtirokchilari nafaqat yangi kvartiraning egasi bo‘lish, balki haftalik sovg‘alar — Korzinka’dagi xaridlar uchun 1 millionlik sertifikatlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.

Qanday qilib ishtirokchiga aylanish mumkin

5-avgustdan 22-sentabrgacha Korzinka supermarketi yoki Korzinka Mahalla, shuningdek, Smart do‘konlarida Korzinka Plus sodiqlik kartasidan foydalangan holda 50 ming so‘m va undan yuqori miqdorda mashhur Aura, “Ya Samaya”, Qualita, “Solnse i Luna”, Watashi brendlari tovarlarini xarid qilish lozim.

Aksiya sodiqlik kartasi ulangan Korzinka Go onlayn yetkazib berish xizmati orqali qilingan xaridlar uchun ham amal qiladi. Bunday xaridlardan har biri bosh sovrin — tez orada foydalanishga topshiriladigan NRG Jomiy turar joy majmuasidan kvartira bo‘lgan yakuniy o‘yinda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.

Bosh sovrin — kvartira o‘yinida ishtirok etish uchun Cotton Club mahsulotlari orasida 50 ming so‘mdan boshlanadigan xaridlarni imkon qadar ko‘proq amalga oshirish tavsiya etiladi, chunki har bir xarid — bu intiqib kutilgan sovrin egasiga aylanish imkoni. Xaridor sevimli gigiyenik tovarlaridan qancha ko‘p xarid qilsa, NRG’dan kvartira yutish ehtimoli shuncha ko‘p bo‘ladi.

Kvartira o‘yini qachon o‘tkaziladi

Aksiya 22-sentabrgacha amal qiladi. So‘ngra 4-oktabr sanasida Korzinka’ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida bo‘ladigan jonli efirda randomayzer yordamida yap-yangi kvartira kalitlarini oladigan g‘olib aniqlanadi.

Omadli shopping tomon olg‘a, aynan sizning omadingiz kulib boqishiga tilakdoshmiz. Barchaga omad, aziz do‘stlar.

Qo‘shimcha ma’lumot olish, shuningdek, aksiya qoidalari bilan tanishish uchun kompaniya rasmiy saytiga tashrif buyurish mumkin. Boshqa aksiya va yangiliklarni Korzinka rasmiy sahifalarida kuzatib borish mumkin.

Facebook:fb.com/korzinkauz
Instagram:@korzinkauz
Telegram:t.me/korzinkauzb

Reklama huquqlari asosida.