11-avgust kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida qotillik sodir etildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Gazeta.uz”ga.

18 yoshli qiz F.J. tayoq va metall buyum bilan olingan tan jarohati oqibatida vafot etgan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, qizga uning ukasi, 16 yoshli A.J. hujum qilgan, chunki uning opasi “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgan”.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.