“Toshshahartransxizmat"ga qarashli barcha avtobuslarda maksimal tezlik maxsus dastur yordamida 50 km/soatgacha cheklanadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Maqsad — yo‘lovchilar xavfsizligini yaxshilash va baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish, dedi kompaniya vakili.

Avtobus oynalariga ham “50” belgisi yopishtiriladi.

Kompaniya xabarida ko‘rsatilishicha, sinov vaqtida avtobus tezligi 50 km/soatdan oshmasligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shaharlarida ruxsat etilgan tezlik 60 km/soatni tashkil qiladi.

O‘tgan yilning kuzida ma’lum bo‘lganidek, alohida yo‘l qatorlari joriy etilgandan so‘ng ayrim yo‘nalishlarda avtobuslarning o‘rtacha tezligi 23 km/soatga yetgan, bungacha ko‘rsatkich 18 km/soatni tashkil qilar edi.