Siyosat

dayjest

Sobiq vazir va hokim Muzaffar Saliyev 7 yilga qamaldi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi rahbari va Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimi vazifalarida ishlagan Muzaffar Saliyev 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U talon-toroj qilish va mansab soxtakorligi jinoyatlarida aybli deb topilgan.


dayjest

Senat “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi. Zo‘ravonlik shakllariga g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatatsiya va bullingni ham kiritish, shuningdek, bolalarni himoyalash tartibini joriy etish va tarbiya jarayonida jismoniy jazolashni taqiqlash taklif etilmoqda.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda hamkorlikni kengaytirish, strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirishni ko‘rib chiqdi. Kremlga ko‘ra, “xalqaro va mintaqaviy kun tartibi masalalari Rossiyaning BRIKSga amaldagi raisligini hisobga olgan holda muhokama qilindi”.


dayjest

Senatorlar Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni ma’qulladi

Senat Vazirlar Mahkamasi faoliyatini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot, budjet, moliya, soliq, ijtimoiy soha, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari aniq belgilab qo‘yilmoqda.


Iqtisodiyot

dayjest

1-sentabrdan boshqa turdagi pensiya va nafaqalar miqdori qanday o‘zgaradi?

1-sentabrdan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori hamda boshqa nafaqa va to‘lovlar 15 foizga oshiriladi.


dayjest

Senat Tadbirkorlik kodeksini ma’qulladi

Senatorlar 100 dan ortiq hujjatni, jumladan, 9 ta qonunni o‘zida jamlagan Tadbirkorlik kodeksini ma’qulladi. U tadbirkorlikni uchta toifaga bo‘ladi, davlat tomonidan tartibga solishning chegara va shakllarini, yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullana olmaydigan faoliyat turlarini va boshqalarni belgilaydi.


Jamiyat

dayjest

Onkobemor bolalar endi tabletka shaklida og‘riq qoldiruvchi dori olishi mumkin. Bu nega muhim?

“Taskin” hospisi bemorlari tabletka ko‘rinishida morfin oladigan bo‘ldi. Avvallari og‘riqni qoldirish og‘riqli edi, chunki preparat in’eksiya orqali yuborilardi. Hospis rahbari “Gazeta.uz"ga bu nega muhimligi va onkobemorlar hayotini yengillatish uchun yana nimalar qilish kerakligi haqida so‘zlab berdi.


dayjest

Toshkentda podstansiyadagi nosozlik sabab 3 mingdan ortiq xonadon elektrsiz qoldi

Toshkentdagi “L-Parkentskiy-1” elektr tarmog‘i va “Lafarga” podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi. Buning oqibatida ikkita tumandagi 3 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Hudud aholisi 4−5 soatdan buyon chiroq yonmayotganidan shikoyat qilmoqda. Energetika vazirligi noqulaylik uchun uzr so‘radi.


dayjest

Surxondaryoda yigit o‘z opasini “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgani” uchun o‘ldirdi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 16 yoshli yigit o‘z opasini “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgani” uchun o‘ldirdi. U qo‘lga olinib, holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.


dayjest

Chilonzorda 3 ta mashina va skuter ishtirokida YTH bo‘ldi

Toshkent shahrida Monza, Cobalt, Spark va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jarohat olmadi. Avtomobillar texnik shikastlandi.


dayjest

Qashqadaryodagi sayilda bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan yigit 2,5 yilga qamaldi

Mart oyida Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanidagi sayilda gaz balloni portlab, 1 kishi vafot etgan, 14 kishi esa jarohat olgandi. Sud bu ishda ballon egasi, sayilga baliq sotish uchun borgan 22 yoshli yigitni aybdor deb topdi. Unga nisbatan 2,5 yil qamoq va 360 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi.


dayjest

YUNISEF Markaziy Osiyoda barcha yirik internatlarni yopishga qaratilgan 7 ta tavsiyani e’lon qildi

Markaziy Osiyoning beshta davlatida 0−17 yoshdagi 60 mingga yaqin bola, buning salbiy ta’siriga qaramay, internat muassasalarida qolmoqda. YUNISEF 2030-yilga qadar barcha yirik internat turidagi muassasalarni yopishga qaratilgan yettita tavsiyani e’lon qildi.


dayjest

Qovun va tarvuz tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Qovun va tarvuzlar yetarli darajada pishmagan yoki yetishtirilishida kimyoviy o‘g‘itlardan ko‘p foydalanilgan bo‘lsa, bu salomatlikka jiddiy xavf tug‘diradi, deydi SSV. Vazirlik bu mahsulotlarni to‘g‘ri tanlash va ulardan zaharlanmaslik uchun nima qilish lozimligi bo‘yicha tavsiyalar berdi.


dayjest

Piyodalar yerusti yo‘lida lift va eskalatorlar o‘rnatishni moliyalashtirish masalasi bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi — Toshkent hokimligi

Senatda poytaxtdagi uchta piyodalar yerusti yo‘liga 10 ta lift va 6 ta eskalator o‘rnatish muhokama qilindi. Hokimning birinchi o‘rinbosari buni moliyalashtirish kengash tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng bosqichma-bosqich ko‘rilishini aytdi. “Gazeta.uz” piyodalar o‘tish joylari bilan nima noto‘g‘riligini tushuntiradi.


dayjest

Zo‘ravonlikka uchragan shaxs bilan ishlashadi, lekin zo‘ravon bilan hech kim ishlamaydi — Tanzila Narbayeva

Zo‘ravonlikka uchragan bolalar bo‘yicha muammo bo‘lmasligi mumkin, lekin zo‘ravonlik qilgan shaxslar bilan ishlashda muammo bor, deya fikrlarini bildirdi Tanzila Narbayeva bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullashda. “Ish faqatgina bir tomonlama bo‘lishi kerak emas”, — deydi Senat raisi.


dayjest

Toshkentdan uchta viloyatga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Transport vazirligi 5 ta yo‘nalishda yangi muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Avtobuslar Toshkentdan Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo hududlariga qatnaydi.


dayjest

Qashqadaryoda AYOQSH 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qarshida faoliyat yurituvchi AYOQSH elektr hisoblagichni o‘zboshimchalik bilan alishtirib, 1 mlrd 85 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi, hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.


dayjest

Jizzaxda tadbirkorlar murojaatiga befarq bo‘lgan 55 nafar hokim yordamchisi jazolandi

Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlarning kredit olish uchun arizasini belgilangan muddatda ko‘rib chiqmagani aniqlandi. Xususan, murojaatlardan birini ko‘rib chiqish 60 kunga kechikkan. Ular ma’muriy javobgarlikka tortildi.


Jahon

dayjest

AQSh Adliya vazirligi monopol mavqei tufayli Google’ni bo‘lish variantini ko‘rib chiqmoqda

AQSh Adliya vazirligi Google’ni majburan bir necha qismlarga bo‘lish hamda Android operatsion tizimi va Chrome brauzeridan mahrum qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq sud kompaniyani qidiruv tizimlari bozorida monopolist deb topgandi.


dayjest

Tailand sudi bosh vazirni axloq kodeksini buzgani uchun lavozimidan chetlatdi

Tailand konstitutsiyaviy sudi bosh vazir Settha Thavisinni axloq qoidalarini buzgani sababli lavozimidan chetlatish uchun ovoz berdi. U o‘z idorasiga o‘tmishda korrupsiya ishi bo‘yicha sudlangan advokatni tayinlagan.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!