Siyosat

dayjest

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga boradi

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuradi. Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan. 20-avgust kuni davlat rahbari Nukusda tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazadi.


dayjest

BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga keladi

BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal 19−30-avgust oralig‘ida O‘zbekistonda bo‘ladi. U Toshkent, Jizzax, Samarqand va Buxoroga tashrifi davomida uy-joy arzonligi va yaroqliligini o‘rganadi. U talabalar turar joylari va boshpanasiz qolganlarning manzillariga ham boradi.


Iqtisodiyot

dayjest

Qoraqalpog‘istonda ikkita SHES qurilishi boshlandi

Prezident Qoraqalpog‘istonda Xitoy va Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilishiga start berdi. Shuningdek, yangi inshootlarning qurilishi va faoliyati boshlab berildi.


dayjest

Saudiya Arabistoni Nukusdagi issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilashi rejalashtirilmoqda

Prezidentga Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilishi reja qilingan investitsiya loyihalari taqdim etildi. Saudiya Arabistoni bilan Nukus shahrida issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, Ispaniya bilan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish hamda Germaniya bilan misni qayta ishlash loyihalari rejalashtirilmoqda.


dayjest

Aholining iste’mol kayfiyati: uy-joy va avtomobil xaridida xarajatlar va rejalashtirilgan sarfning kamayishi

Markaziy bank ikkinchi chorak uchun 0,7 punktga pasaygan iste’mol kayfiyati indeksini e’lon qildi. So‘rov natijalariga ko‘ra, uy-joy sotib olganlar ulushi 6,2 foizdan 5,8 foizga kamaydi, avtomobil xaridi esa — 12,3 foizdan 10,5 foizga. Kelgusi oylarda ham uy-joy sotib olishni xohlovchilar kamroq.


Jamiyat

dayjest

Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi

Dushanbadan harorat asta-sekin ko‘tariladi, lekin nisbatan qulay bo‘ladi. Kunduzi havo +30…+35, ba’zi joylarda +37 darajagacha isiydi. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.


dayjest

Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Mustaqillik bayrami va “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali munosabati bilan 25-avgust-3-sentabr kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.


dayjest

Yangi o‘quv yilida 186 mingdan ortiq abituriyent talaba bo‘ldi

2024/2025 o‘quv yili uchun 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Xususan, 41 153 nafari davlat granti, 145 718 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirdi. Grantda o‘rtacha o‘tish balli — 121,7, kontraktda esa 94,7 bo‘ldi.


dayjest

Samarqanddagi tog‘da adashib qolgan yigit qutqarildi

Samarqand tumanidagi Mironqul-Ohalik tog‘ida adashib qolgan 18 yoshli yigit qutqarildi. U tog‘ning 1000 metr balandligidan soat 01:30 da topilgan.


dayjest

Toshkentda o‘zini “O‘zbekfilm” mas’uli deb tanishtirib, 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Toshkentda o‘zini “O‘zbekfilm” mas’uli deya tanishtirgan shaxs mahkuma ayol hayotiga bag‘ishlangan serial suratga olish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 20 ming dollar olganda ushlandi. Toshkent viloyatida esa chet tili bo‘yicha soxta sertifikat olib bermoqchi bo‘lgan konsalting firma rahbari $3500 ustida qo‘lga olindi.


dayjest

Sirdaryoda 2 yoshli bola bog‘chada vafot etdi

Mirzaobod tumanidagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola vafot etdi. Bolaning o‘limiga nafas yo‘llari ovqat bilan berkilib qolgani oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.


dayjest

Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari 7,5 yilga qamaldi

Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Saidahmad Sultonov 7 yil 6 oyga qamaldi. U juda ko‘p miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirish, talon-toroj, shuningdek, firibgarlikda aybdor deb topildi.


dayjest

Toshkentda haydovchi PPX xodimiga hujum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda huquqni muhofaza qilish organi xodimiga hujum qilingani aks etgan video tarqaldi — Toshkentda avtomobil haydovchisi mashinasini boshqa joyga qo‘yishdan bosh tortdi va PPX xodimini urdi. Toshkent shahri IIBB holatga izoh berdi.


dayjest

Jizzaxdagi bog‘chada 2 nafar bola ovqatdan zaharlangani aniqlandi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi bog‘chada 2 nafar tarbiyalanuvchi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Tekshiruv ishlari boshlandi.


dayjest

Prezident shoshilinch tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston filialida bo‘ldi

Prezident Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filialida bo‘ldi. Bu mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda “noldan” qurilgan birinchi ko‘p tarmoqli shifoxona, deb ta’kidladi davlat rahbari matbuot xizmati.


Madaniyat

dayjest

Qozoq milliy drama teatri O‘zbekistonga gastrol safari bilan keladi

2−4-sentabr kunlari Muxtor Auezov nomidagi Qozoq milliy drama teatri Toshkentdagi Davlat musiqali komediya teatrida (operetta) chiqish qiladi. 6-sentabrdan 8-sentabrgacha esa ular Nukusdagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida gastrol safarlari bilan ishtirok etadi.


Jahon

dayjest

Qozog‘iston maymunchechak sabab chegaradagi nazoratni kuchaytirdi

Qozog‘iston SSV mamlakatga maymunchechak kirib kelishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. Xususan, aeroportlar va chegara o‘tish joylarida nazorat choralari kuchaytirildi. Vazirlik endemik mamlakatlarga boruvchi fuqarolarga tavsiyalar berdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!