19-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirish, mahallalarda aholi hayoti bilan tanishish rejalashtirilgan. Yangi majmualar ishga tushirilib, navbatdagi loyihalar boshlanadi.

20-avgust kuni Nukus shahrida prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbari 2021-yilning 20-avgustida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot formatidagi ilk uchrashuvini o‘tkazgandi. O‘sha yig‘ilishda u bunday tadbirni har yili o‘tkazish va 20-avgustni Tadbirkorlar kuni deb e’lon qilishni taklif qilgan.