Mustaqillik bayrami va “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali munosabati bilan Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”.

Qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi 25-avgust kunidan 3-sentabr kunigacha harakatlanadi.

Ularning jadvali quyidagicha:

  • 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;
  • 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish imkoni ham mavjud.