2−8-sentabr kunlari Muxtor Auezov nomidagi Qozoq milliy drama teatri O‘zbekiston bo‘ylab gastrol safarida bo‘ladi, deb xabar berdi teatr ma’muriyati “Gazeta.uz”ga.

Toshkentdagi Davlat musiqali komediya (operetta) teatrida tomoshalar 2−4-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 6−8-sentabr kunlari Qozog‘iston truppasi Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri sahnasida chiqish qiladi.

O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri va Qozog‘iston milliy drama teatri o‘rtasidagi madaniy hamkorlik memorandumi doirasida gastrollar o‘tkazilmoqda. Operetta teatri birinchi marta Muxtor Auezov nomidagi teatr gastrollarini qabul qiladi.

2−9-sentabr kunlari gastrollar doirasida “O‘zbekiston va Qozog‘iston teatr san’ati birlashmasi” ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmaga sahnalashtirish ishlari boshlangunga qadar tashrif buyurish mumkin bo‘ladi.

Gastrol dasturi:

Toshkent, Davlat musiqali komediya teatri (operetta), Cho‘ponota, 4A:

  • 2-sentabr, 19:00 — “Qozi Korpesh — Bayan sulu” (ikki parda (akt)li muhabbat qissasi, muallif — Gabit Musrepov);

  • 3-sentabr, 19:00 — “Qorqittin kori” (afsona, muallif — Iran-Gayip);

  • 4-sentabr, 19:00 — “Qirmanbayning to‘yi” (komediya, muallif — Tinimbay Nurmaganbetov).

Nukus, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri, Alakosa, 1:

  • 6-sentabr, 19:00 — “Qiz-Jibek” (musiqiy drama, muallif — Gabit Musrepov);

  • 7-sentabrt, 19:00 — “Seviklilaringizdan ajralmang!” (drama, muallif — Aleksandr Volodin);

  • 8-sentabr, 19:00 — “Sevgi nomi bilan” (drama, muallif — Saule Dosjanova).

Chiptalar teatr kassalarida sotiladi.