Markaziy Osiyoda yuqori sifatli logistika xizmatlariga tez o‘sib borayotgan talab fonida Balton Trading Asia innovatsiyalar va barqaror rivojlanish sohasida kashshof sifatida ajralib turadi. Balton Trading Asia 1994-yildan buyon O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan iste’mol tovarlarining yetakchi distribyutorlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya Nestle, Colgate-Palmolive, Makfa, “Oleyna”, Impra, Haribo, Lavazza va boshqalar kabi taniqli brendlar uchun distribyutsiya xizmatini amalga oshiradi.

Bu yil Balton Trading Asia zamonaviy “A+” sinf omborini ishga tushirish orqali oldinga muhim qadam tashladi, bu esa mahsulotni saqlash sharoitlarini yaxshilashga imkon berdi. Bugungi kunda kompaniya o‘zining tarqatish xizmatlarini faol rivojlantirmoqda, ilg‘or texnologiyalarni joriy etmoqda va mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun ichki jarayonlarni optimallashtirmoqda.

Balton Trading Asia kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Filipp Gorbunov va ta’minot zanjiri direktori Mansur Yuldashev kompaniyaning rivojlanishi haqidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi, ombor infratuzilmasining ahamiyati va BTA o‘sishining ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirdi.

Balton Trading Asia kim va nima bilan shug‘ullanadi

Balton Trading Asia — O‘zbekistondagi eng yirik iste’mol tovarlari distribyutorlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya 1994-yilda tashkil etilgan hamda ro‘yxatdan o‘tgan, biznes esa 1995-yil boshida boshlangan. O‘shandan beri FMGC (Fast-Moving Consumer Goods) mahsulotlarini tarqatish kompaniya biznesining asosiy yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya O‘zbekistondagi yirik iste’mol tovarlari distribyutorlaridan biri va buni biznesning asosiy ustuvor yo‘nalishi deb bilishda davom etadi.

Kompaniya distribyutor bo‘lgani sabab vazifasi tovarlarni yetkazib berishni tashkil qilish va keyin ularni savdo nuqtalariga tarqatishdan iboratmi

Jarayon rejalashtirishdan boshlanadi — qancha mahsulotni sotish, olib kelish va saqlash kerakligi aniqlanadi. Keyinchalik mahsulotlar sotib olinadi, ularni yetkazib berish va joylashadigan omborga qabul qilish tashkil qilinadi. Shundan so‘ng savdo guruhi mijozlardan buyurtmalar qabul qilganda, ushbu buyurtmalarni jo‘natish uchun shakllantiradi va tayyorlaydi. Keyin mahsulot mashinaga yuklanadi va do‘konlarga yetkazib beriladi. Bularning barchasi ta’minot zanjiri deb ataladi — bu yerda har bir bosqich buyurtmani samarali bajarish uchun kalit hisoblanadi.

balton trading asia

3PL nima va Balton Trading bu sohada qanday xizmatlarni taklif qiladi

3PL yoki Third Party Logistic — bu uchinchi tomon tarafidan logistika xizmatlarini ko‘rsatish. Hamma kompaniyalar ham o‘zlarining logistika infratuzilmasini yaratish imkoniyatiga ega emaslar va shuning uchun ular 3PL provayderlariga murojaat qilishlari mumkin. Kompaniya barcha logistik vazifalar, jumladan, tovarlarni bojxona omboriga qabul qilish, zarur bojxona tartib-qoidalarini amalga oshirish, ularni oddiy omborga ko‘chirish va saqlash, tovarlarni jo‘natish uchun tanlash va tayyorlash, shuningdek, O‘zbekistonning istalgan joyidagi oxirgi iste’molchiga yetkazib berishni o‘z zimmasiga oladi.

“Logistika xizmatlaridan tashqari, biz qayta qadoqlash, etiketkalash va shtrix-kodlash kabi qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ham taqdim etamiz. Ushbu qo‘shimcha xizmatlarning barchasi BTA tomonidan taqdim etiladi. Umuman olganda, bu 3PL deb ataladi”, — dedi Mansur Yuldashev.

Balton Trading Asia mijozlarga 3PL-xizmatlari orqali qanday jarayonlarni optimallashtirishga yordam berishi mumkin

BTA asosiy logistika jarayonlarini optimallashtiradigan 3PL xizmatlarining keng spektrini taqdim etadi. Kompaniya ombordagi barcha operatsiyalarni avtomatlashtiradigan va shu bilan birga, ish samaradorligini oshiradigan, xatolar ehtimolini kamaytiradigan ilg‘or omborlarni boshqarish tizimlaridan (WMS) foydalanadi. TMS (Transportation Management System) yetkazib berish yo‘nalishlarini optimallashtiradi, bu xarajatlarni kamaytiradi va tovarlarni yetkazib berishni tezlashtiradi.

BTA, shuningdek, muntazam inventarizatsiya orqali tovarlarni hisobga olishning aniqligini ta’minlaydi. Qaytarilgan tovarlarni qayta ishlash xizmatning yana bir muhim qismi hisoblanadi — u mijozlarga xarajatlarni kamaytirishiga yordam beradi. Bundan tashqari, kompaniya bojxona rasmiylashtiruvi xizmatlarini taqdim etadi, bu esa mijozlar uchun tovarlarni import qilish jarayonini ancha osonlashtiradi.

balton trading asia

Balton Trading Asia shahar va butun mamlakat bo‘ylab bir nechta omborlarga ega. Ular haqida ko‘proq ma’lumot bera olasizmi

Kompaniyada nafaqat Toshkent, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab bir nechta omborlar mavjud. Balton Trading Asia mamlakatdagi deyarli barcha savdo do‘konlarini qamrab oladi. Kompaniyada 14 ga yaqin ombor bor, ulardan beshtasi Toshkentda, qolgan to‘qqiztasi Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida joylashgan.

Toshkentda kompaniyaning omborlari maqsadi jihatidan farq qiladi. Masalan, omborlardan biri oziq-ovqat mahsulotlarini, ya’ni un, sariyog‘, pasterizatsiya qilingan sut va bolalar ovqatlari kabilarni 18−22 daraja haroratda saqlashga mo‘ljallangan. Shuningdek, kompaniyada saqlash harorati 5 daraja va minus 18 daraja bo‘lgan omborlar mavjud. Ushbu omborlarning har biri o‘ziga xos funksiyaga ega. Ba’zi omborlar kompaniyaning distribyutsiyasiga mo‘ljallangan, boshqalari esa mijozlarining mahsulotlarini 3PL logistika xizmatlarining bir qismi sifatida joylashtirish uchun ishlatiladi.

balton trading asia

Yangi omborga kirish eshigi oldida quyosh panellari va ko‘plab yashil maydonlar bilan qoplangan muhim maydon mavjud — bu dastlabki konsepsiyaning bir qismi bo‘lganmi

Bu haqiqatan ham katta yutuq va g‘ururdir. BREEAM yashil standarti bo‘yicha sertifikatlangan O‘zbekistondagi birinchi sanoat binosi bo‘lgan loyihani amalga oshirganidan xursand. Kompaniya ushbu standartni g‘oyalariga va yondashuviga eng mos kelgani uchun tanladi.

Quyosh elektr stansiyasi, garchi u hududning bir qismini egallagan bo‘lsada, loyihaga shunday birlashtirilganki, u quyoshdan energiya ishlab chiqarib, ham himoya qiluvchi avtoturargoh vazifasini bajaradi. Kompaniya asosiy e’tiborni ekologik toza materiallardan foydalanishga va issiqlik yo‘qotilishini kamaytirishga qaratdi. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra bu majburiy emasligiga qaramay, oqar suvlarni tozalash tizimini ham joriy qildi.

“Bundan tashqari, biz qurilish va loyihalashtirishni joylarga moslashtirib, iloji boricha ko‘proq daraxtlarni saqlashga harakat qildik. Bu bizga nafaqat yashil maydonlarni saqlab qolish, balki atrof-muhitga hissa qo‘shish imkoniyatini berdi. Bu bizning umumiy kelajakka qo‘shgan hissamiz, chunki aytadilarku: „B sayyorasi yo‘q“ va bizda B mamlakati ham yo‘q. Ko‘p mehnat singdi. Biz ekologik toza va energiya tejaydigan bino yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarimiz xalqaro standartlarga javob berishidan faxrlanamiz va bu bizning barqaror rivojlanishga sodiqligimizni aks ettiradi”, — deya qo‘shimcha qildi Filipp Gorbunov.

balton trading asia

Balton Trading 3PL-xizmatlaridan foydalanish mijozlarga qanday foyda keltiradi

Balton Trading`dan 3PL-xizmatlaridan foydalanish mijozlarga rivojlangan infratuzilma va tajribadan foydalangan holda logistika xarajatlarini kamaytirish imkoniyatini beradi. Bu o‘z logistika tarmog‘ini yaratishda kapital xarajatlardan qochish, shuningdek, joriy xarajatlarni optimallashtirish imkonini beradi. Jarayonlarni avtomatlashtirish va logistikani optimallashtirish inventarizatsiyani boshqarish va buyurtmalarni qayta ishlashni takomillashtirish orqali umumiy samaradorlikni oshiradi.

“Balton Trading Asia tovarlarni yuqori sifatli saqlash va yetkazib berishni kafolatlaydi, bu esa zanjir oxiridagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilaydi. Logistikani mutaxassislarga topshirish orqali kompaniyalar o‘zlarining asosiy bizneslariga e’tibor qaratishlari va o‘z infratuzilmasini yaratmasdan, tezda biznesni kengaytirishlari mumkin. BTA yordamida mijoz tezda bozorga kirib, talabning o‘zgarishiga moslasha oladi, moslashuvchanlik va biznesning o‘sishini ta’minlaydiya”, — deya qo‘shimcha qildi Mansur Yuldashev.

Telefon: (+998) 93−382−05−06.

Sayt:baltontrading.com
E-mail: 3pl@baltontrading.com

Reklama huquqlari asosida.